«Real» yozgi transferlar vaqtida Xames Rodrigesni sotmoqçi.

Madridliklar klubi prezidenti Florentino Peres 25 yoşli uşbu kolumbiyalik futbolçini tarkibda saqlab qolmoqçi bölgan, ammo futbolçi jamoa boş murabbiyi Zinedin Zidanning rejalariga kirmagan.

El Confidencial tarqatgan xabarga köra, «Mançester Yunayted» 50 million yevro, «Inter» – 40 million yevro taklif etmoqda. Futbolçining manfaatlarini himoya qiluvçi agent Jorjye Mendeş uni sotib olişni «PSJ»ga taklif etmoqda, ammo parijliklar avvaliga Anxel Di Mariya va Haver Pastorening taqdiriga oydinlik kiritib olişni istamoqda.

Xamesga «Arsenal», «Tottenhem» va«Liverpul» jamoalaridan ham qiziqişlar mavjud, ammo ular Madrid klubi sörayotgan 75 million yevroni tölamoqçi emas.