Daniyaning Postnord poçta operatori Odense şahridagi Vollsmos tumaniga xizmat körsatişni vaqtinçalik töxtatdi. Bu qaror uşbu tumanda jinoyatçilik darajasi oşib ketgani bilan tuşuntirilgan.

The Local’ning xabar berişiça, bunday qaror qabul qilinişiga ikki nafar poçta işçisiga qilingan tahdid, şuningdek, uşbu tumanda poçta operatoriga tegişli maşinaga uyuştirilgan hujum sabab bölgan.

«Biz xodimlarimiz xavfsizligiga katta e'tibor qaratişga qaror qildik», - dedi poçta taşkiloti vakili Maykl Frelix.

Naşrning ta'kidlaşiça, Daniyada Vollsmos tumani jinoyatçilik va işsizlik darajasining balandligi bilan maşhur. Qayd etilişiça, bu yerda asosan muhojirlar yaşaydi.