Davlat aktivlarini boşqariş agentligi direktori Sohibjon Murodov 8-oktabr kungi matbuot anjumanida Kun.uz'ning muxbirining “Özbekiston poçtasi” atrofidagi vaziyat yuzasidan savollariga javob berdi.

“UzPost Wildberries'ga işonçli boşqaruvga berilmagan”

Sönggi vaqtlarda “Özbekiston poçtasi” AJ Kuzatuv kengaşidagi 9 ta örindan 5 tasiga Wildberries vakillari tayinlangani ortidan, milliy poçta operatori Rossiya kompaniyasiga işonçli boşqaruvga berilgani haqidagi taxminlar paydo böldi. Sohibjon Murodov buni rad etdi. “Bugungi kunda işonçli boşqaruvga berilmagan”, – dedi Davaktiv rahbari.

Uning aytişiça, 2025-yilda “Özbekiston poçtasi”ni moliyaviy soğlomlaştiriş va korporativ boşqaruv mexanizmlarini yangilaş vazifasi qöyilgan. Buning uçun xususiy banklar va yirik kompaniyalarda mavjud amaliyot – xorijiy tajribaga ega mutaxassislarni ijro organlari hamda kuzatuv kengaşlariga jalb qiliş amaliyoti UzPost'da ham joriy etilgan.

Murodov poçta xizmatlari bozorida Uzum va Wildberries kabi kompaniyalar faoliyati kengaygani, anʼanaviy poçta xizmatlariga talab esa özgarganini qayd etdi.

“Poçta 50–60 mlrd sömlik daromad manbayini yöqotdi”

Agentlik direktori Özbekiston poçtasining moliyaviy holati yomonlaşişiga sabab bölgan omillardan biriga ham töxtaldi.

“Avvallari poçtaga yaxşi daromad keltirgan yönalişlardan biri – maʼmuriy jarimalar töğrisidagi axborotlarni fuqarolarga yetkaziş xizmati edi. Bugungi kunda Içki işlar vazirligi va banklar mobil ilovalar orqali bunday axborotlarni yetkazişni yölga qöydi. Uni qoğozga çiqarib, konvertga solib, fuqaroga yetkaziş amaliyotidan uzoqlaşildi.Bu xizmat raqamlaşgandan keyin poçta juda katta moliyaviy yöqotişga uçradi. Men milliardlar haqida gapiryapman. Poçta bitta xizmatdan 50–60 milliard sömlik daromad manbayini yöqotdi”, – dedi Sohibjon Murodov.

Uning fikriça, bunday şaroitda anʼanaviy poçta xizmatlari bilan çeklanib qolmasdan, yangi biznes yönalişlarini rivojlantiriş va zamonaviy boşqaruv mexanizmlarini joriy etiş zarur.

Wildberries poçtaga 360 mlrd sömgaça foizsiz qarz ajratişi mumkin

Murodov yaqinda jamoatçilik muhokamasiga sabab bölgan Özbekiston poçtasi tomonidan 100 mlrd söm qarz jalb qiliş masalasiga ham izoh berdi.

“100 milliard söm qarz masalasi böyiça korporativ qaror qabul qiliş kun tartibiga kiritilgan edi. Lekin kun tartibiga kiritildi degani qaror qabul qilindi degani emas. U yerda yoqlab ovoz berilmadi.Sababi, 100 milliard söm mablağni 14 foiz bilan jalb qiliş közda tutilgan edi. Biz savol qöydik: bu mablağ qaysi yönalişga sarflanadi, qaçon özini qoplaydi, oqlaydimi? Ertaga bu mablağ talon-toroj bölib, qöşimça qarzdorlik şakllantirmaydimi? Şu savollardan keyin poçta öz hamkorlari bilan qaytadan muzokaralar ötkazyapti”, – dedi u.

Davaktiv rahbariga köra, hozir UzPost'ga Wildberries'dan 360 mlrd sömgaça foizsiz qarz jalb qiliş imkoniyati muhokama qilinmoqda.

“Hozir biz bilan dastlabki kelişuv jarayonida 360 milliard söm qarz jalb qiliş masalasi qöyilgan, lekin foizsiz. Bu birdaniga 360 milliard söm qarz olinadi degani emas. 360 milliard sömlik kredit liniyasi oçiladi. Qançasiga ehtiyoj bölsa, şunçasi olinadi. Umuman olmasligi ham mumkin. Lekin har bir xarid, har bir yönaliş böyiça olinadigan mablağdan samarali foydalaniş masalasi muhokama qilinadi”, – dedi agentlik rahbari.

Uning qöşimça qilişiça, Wildberries vakillarining “Özbekiston poçtasi” kuzatuv kengaşiga jalb etilişi ham aynan şu 360 mlrd sömgaça foizsiz mablağ ajratiş rejasi bilan boğliq.

“Ijro organi öşa tarkibda turibdi, aksiyador özgargani yöq. Biz ularning tajribasidan foydalanmoqçimiz. Yaʼni poçtani rivojlantiriş strategiyasini işlab çiqiş, jalb qilinayotgan qarz mablağlaridan samarali foydalaniş nuqtayi nazaridan kuzatuv kengaşiga ularning vakillarini jalb qildik. Lekin bu – muddatli şartnoma. Agar natijasini bersa, davom ettiriladi. Natija bermasa, boşqa boşqaruv usullaridan foydalaniş yöllari köriladi”, – dedi Sohibjon Murodov.

Taʼkidlanişiça, UzPost'ning respublika böyiça 1600 dan ortiq tarqatiş nuqtasi mavjud. Ular mamlakatning 280 ta tuman va şahrini qamrab oladi.

“Poçtaning butun respublika böyiça 280 ta tuman va şaharda 1600 dan ortiq tarqatiş nuqtasi bor. Hatto çekka mahallaga borsangiz ham, odamlar poçta qayerdaligini biladi. Çunki yillar davomida bunga örganişgan. Bu Uzum uçun ham, Wildberries uçun ham juda jozibador”, – dedi Davaktiv direktori.

U “Özbekiston poçtasi” Uzum bilan ham keng kölamli hamkorlik qilayotganini qayd etdi.

“Uzum bilan ham hozir poçtaning mingdan ortiq şartnomasi bor. Xuddi şunday Wildberries bilan ham hamkorlik mavjud. Faqat biz bu haqda jamoatçilikka yetarliça axborot bermaganimiz sababli sizlarda şunday savollar tuğilişi tabiiy. Biz har ikkala kompaniya bilan ham hamkorlikda işlayapmiz”, – dedi Murodov.

Maʼlum qilinişiça, “Özbekiston poçtasi”ni töliq xususiylaştiriş böyiça hozirça yakuniy qaror qabul qilinmagan.

“Poçta böyiça xususiylaştiriş masalasida hali töliq qaror qabul qilinmagan. Birinçi navbatda xalqaro tajribaga ega bölgan, bozorda öz örniga ega sohaviy kompaniyalarning tajribasini kiritmoqçimiz. Agar foizsiz qarz mablağlarini jalb qiliş böyiça [Wildberriesbilan] kelişuvga erişsak, bu haqda ham jamoatçilikka axborot eʼlon qilamiz”, – dedi Sohibjon Murodov.