2017 yilning 14 iyun kuni taxminan soat 23:50 larda, Begzod Turabayeviç Isarov va Sirojiddin Sayfiddin öğli Navruzovlar özganing mulkini oçiqdan-oçiq talon-toroj qiliş maqsadida, Mirzo Uluğbek tumani hududida fuqaro Gulnoza Sulaymanovani (jabrlanuvçining anketa ma'lumotlari özgartirilgan) oldiga kelib, uni urib narxi 1.000.000 sömlik «General Mobile» rusumli uyali telefon apparati va 290.000 söm pullarini egallaşgan va hodisa joyidan yaşirinmoqçi bölişgan vaqtda, uşbu hududda tungi xizmatni olib borayotgan Mirzo Uluğbek tumani IIB xodimlari tomonidan daliliy aşyo bilan qölga olinganlar. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan Mirzo Uluğbek tumani IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Özbekiston Respublikasi JKning 166-moddasi 2-qismi «v» bandi (talonçilik, ya'ni özganing mulkini oçiqdan-oçiq talon-toroj qiliş, bir guruh şaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etiş) alomatlari bilan jinoyat iş qözğatilgan.

Isarov va Navruzovlarga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, ularning boşqa jinoyatlarga aloqadorligi tekşirilmoqda.
Yuqoridagi şaxslarning xatti-harakatidan jabr körganlar bölsa, «102» telefon raqamiga yoki yaqin atrofdagi içki işlar organlariga murojaat etişlari mumkin.












