16 iyun kuni Surxondaryo viloyati Şörçi tumani hokimi Xaybulla Mamatqulov egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Facebook ijtimoiy tarmoğidagi Xalq bilan muloqot guruhida xabar berilgan.
Iste'foning asosiy sabablari Xaybulla Mamatqulov Özbekiston Respublikasi prezidenti tomonidan e'lon qilingan “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”dan közlangan maqsad va vazifalarning tub mohiyatini yetarliça tuşunib yetmasdan, tuman aholisi bilan tizimli ravişda samarali aloqa örnatmagani, fuqarolarning murojaatlarida kötarilgan masalalarga e'tiborsizlik bilan qarab kelgani hamda bu borada hokimlik tizimida işlarni lozim darajada taşkil eta olmagani böldi.
Sobiq hokim aholini qiynayotgan muammolarni çuqur örganiş va tahlil qiliş asosida ularni hal etiş yuzasidan amaliy çora-tadbirlar körsatiş masalasida jiddiy kamçiliklarga yöl qöygan. Bu borada talabçanlik yetişmasligi, sustkaşlik qilib kelgani uçun tuman faollari va aholi orasida Mamatqulovning faoliyatiga nisbatan e'tirozlar ortib borgan.
Surxondaryo viloyati hokimligi tomonidan Mamatqulovga yuqorida körsatib ötilgan jiddiy kamçiliklari uçun bir neça bor intizomiy çoralar körilgandi. Lekin u bundan tegişli xulosa çiqarmagan va hudud aholisi muammolarini hal etiş yuzasidan zarur amaliy çoralar körmagan.
Xaybulla Mamatqulov Şörçi tumani hokimi sifatida 2012 yil 6 fevraldan buyon işlab kelayotgan edi.











