Ortda qolgan haftaning Özbekiston hayotiga oid şu va boşqa mavzulari – Kun.uz dayjyestida.

“Ertaga kelib jarimaga tortib ketaman”

Hokimlar va boşqa mahalliy mas’ullar odamlarning uyiga kirib, ularga tozalikni örgatib yurgani – haftaning boş mavzusi böldi. Birinçi bölib Şahrisabz tumani hokimi internet yulduziga aylandi, şundan keyin bu kabi “tozalik reydlari” butun respublika böylab yoyilgani ma’lum böldi.

Hisobot uçun olingan videoga qaraganda, Şahrisabz hokimi Samad Hasanov vakolat doirasidan çetga çiqib, bir ayolning şaxsiy hayotiga aralaşgan va uni kamsitgan. U uyning tandirxona, oşxona va hatto yotoq xonalaridan birini ham közdan keçirgan; oçiğini aytganda esa, birovning hayotiga burnini tiqqan.

“Nima uçun sizga töğri, normal yaşaşingizni taşqaridan kimdir kelib aytişi kerak? Nimaga bunday yaşayapsiz? Öçoq-ayvoningizni qarang... Bu uyda qanday yotib turibsiz? Keça keçqurun qanday uxladingiz? Keça keçqurun öçoq-ayvoningiz şunday bölib turib, qanday yaşadingiz?

Oşxonangiz qayerda? Yuring... Mana buni qarang kirligini. Şu rözğor-da endi? Bir erkak yaşayapti siz bilan. Sovitkiçning çang, kirligini qarang. Uşlab böladimi şuni? Mahalla raisi, buyoqqa keling, mana buni qarang (sovitkiçni oçib körsatadi): men sizga aytgandim-ku, 3-4 kunlik idişlari bilan yotadi bular sasib”, – degan hokim.

Samad Hasanov mas’ullarga uydagi holat uçun ayolga jarima solişni buyurgan. Aynan qanaqa jarima haqida gap ketayotgani noma’lum – hokimning matbuot xizmati holat böyiça bergan izohida bu masalaga aniqlik kiritmagan. Hokimlikka köra, Samad Hasanov aslida nogironligi bor keksa vatandoşning uyiga bormoqçi bölgan, lekin mahalla raisi adaşib, yonma-yon joylaşgan qöşni uy eşigini körsatgan. Lekin hokim va mahalla raisining oğzidan çiqqan gaplar bu izohning ğirt yolğonligini körsatadi: videoda ular bu uyga 20 kun oldin ham, 3 kun oldin ham kelib ogohlantiriş berilganini aytişgan.

Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligiga köra, “fuqarolarning şaxsiy hayoti daxlsizligini buziş, ularning şa’ni va qadr-qimmatini kamsitiş, şuningdek, asoslanmagan ma’muriy bosim ötkaziş qonunçilikka va etika me’yorlariga mutlaqo zid”. Agentlik holat yuzasidan xizmat tekşiruvi ötkazişni sörab, Qaşqadaryo viloyati hokimligiga taqdimnoma kiritgan. Aftidan, idora bunaqa taqdimnomalardan hali köpini kiritişiga töğri keladi – Samad Hasanov bu kampaniya doirasida videosi tarqalgan yagona amaldor emas.

Videolardan birida allaqanday amaldor “tozalik reydi”da nişonga tuşgan xonadon egalariga “kuçuk ham, mol ham bunday yaşamaydi” deya daşnom beradi.

“E, onasini emsin, kuçuk bunday yaşamaydi! Aka, buni qarang, oşxonaning musorligini... Vijdon kerak odamga! Uyğoning, qaçongaça şunday yaşaysiz? Qaçongaça şunday musor bölib yaşaysiz? Xotingiz bormi, çaqiring buyoqqa!

(Uy egasining xotiniga) Faqat akam bilan yaşaş uçun-da, töğrimi, sizlarniki? Mana bu ötlarni tozalasangiz nima qiladi? Oşxonangizni qarang, ayol kişining oşxonasi şunday böladimi? Qöpol qilib aytsam, yotgan mol ham dumi bilan supurib yotadi-da”, – deydi u.

Yana bir videodagi şaxs Şahrisabz tumanining Saroy mahallasi raisi ekani aytilyapti. U vatandoşga tandirxonasini oqlaşni buyurib, aks holda, jarimaga tortiş bilan tahdid qiladi:

“Mana, qara, bu yerni çiroyli qilib oqlaysan, tozalaysan. Men senga ogohlantiriş beryapman. Ertaga kelaman-da, jarimaga tortib ketaman, tuşundingmi? Tozalab qöy”.

Xuddi şu şaxs boşqa bir videoda mahalla ahliga murojaat qilib, bu işlar yuqoridan berilgan topşiriq asosida, Mustaqillik bayrami arafasidagi dolzarb 40 kunlik doirasida bölayotganini ma’lum qilgan va bu masalada “aqllilik qilganlar” bilan tegişli taşkilotlar şuğullanişi haqida ogohlantirgan.

“Bunda mahalla raisi, yettilik bilan xonadonlarga kirib, tandirxona-yu qozon-öçoqlarini körişimiz kerak. Ariqlarning tozaligi ham... Hammasi bizga topşiriq qilib berilgan. Sizlar notöğri tuşunmanglar. Qaysing agar guruhni buzib... Men keça eşitdim hamma xabarlarni, gaplaringni. Aqllilik qilmanglar, elni buzmanglar, örtoqlar. Men bir deganda odamiga aytaman – tegişli taşkilot rahbarlari ulangan bu guruhga, kerak bölsa nima deganlaring böyiça özlari çaqirib oladi.

Töğri ötiringlar, tinçgina yaşaylik! Menga ham zaril emas, toza soğinganimdan kirganim yöq şu uylaringga... Töğri tuşuninglar, men majbur bölyapman kirişga. Haliyam jarima qilganim yöq, boşqa mahalla raislari 20-30 talab xonadonlarga kirib, jarima qilib yotibdi. Şuning uçun sizlardan iltimos, örtoqlar, töğri tuşuninglar, har xil bir-birlaringni gijgijlab, bilimdonlik qilib, aql örgatmanglar”.

40 kunlik kampaniya doirasida internet yulduziga aylangan davlat xizmatçilaridan yana biri – Toşkent viloyati Çinoz tumani hokimi Şerzod Salihov. U mahalla binosi oldiga heç narsa ekmagan, ötlar örilmagan Birlik mahallasiga “Şarmandali mahalla” yorliğini yopiştirgizdi. Tozalikka rioya qilmagan deb topilgan uylarga esa “Uyatli xonadon” yorliqlari yopiştiriladi.

“Bugundan boşlab Birlik mahallasi – “şarmandali mahalla”. Ikkinçi şior bor – “uyatli xonadon”. [...] Ikkinçi bölib, mahalla raisining uyiga borasizlar. Mahalla raisining darvozasi böyalganmi-böyalmaganmi, devori oqlanganmi-oqlanmaganmi, özi köçasida gul, rayhon bormi-yöqmi, hovli-tomorqasi qanaqa? Mahalla raislarining uylariga kirib, şu törtta narsani hamma törtta rasm qilib taşlaydi. Ertaga keçgaça qilmasa, öşa xonadonni “uyatli xonadon” qilamiz. Men özim “na prinsip” borib osdiraman”, – degan Çinoz hokimi Şerzod Salihov.

Talon-torojliklar

Toşkentda yangi qurilgan yöl ötkazgiç, foydalanişga topşirilganidan 1,5 yil ötib öpirilib tuşgani yodingizda bölsa kerak. Voqea şu yil mart oyida, Mirzo Uluğbek tumanida röy bergan edi. 31-iyul kuni bu holat böyiça qözğatilgan jinoyat işi doirasida ayblanuvçilarga sud hukmi öqildi.

Hukmga köra, mazkur ob’yekt qurilişida 7 mlrd 377 mln söm byudjyet pullari talon-toroj qilingan, deb topildi. Loyihalaş va pudrat taşkilotlarining 6 nafar mas’ul şaxsi mansab soxtakorligi va talon-toroj moddalari böyiça aybli deb topilib, ularga 116 mln sömdan jarima jazosi tayinlandi.

Screenshot_1

Sud hujjatidan qurilişning yana bir qiziq jihati oşkor böladi. Ma’lumki, yöl ötkazgiç qurilişi avvaliga 130 mlrd sömga baholangan, keyin Avtomobil yöllari qömitasi loyiha qiymati 186,5 mlrd sömgaça oşganini xabar qilgan edi. Sud hukmidan ma’lum bölişiça, quriliş qiymati yakunda 213 mlrd sömni taşkil etgan. Şu tariqa, yöl ötkazgiç narxi dastlabki baholardan 64 foizga qimmatlaşib ketgan. Pudrat işlari avvaliga loyiha-smeta hujjatlarisiz bajarilgani ham bunga sabablardan biri bölsa ajab emas.

Korrupsiyaga oid sud işlaridan yana birida sobiq hokim ustidan hukm öqildi. 2024-2025 yillarda Namangan şahrini boşqargan Anvar Otaxöjayev pora oliş, talon-toroj va boşqa moddalarda aybdor deb topilib, 11 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. U bilan birga yana 3 nafar sudlanuvçi 7 yildan 10,5 yilgaça bölgan muddatlarga qamaldi.

Otaxöjayev qamoqqa olingani haqida 2025-yil sentyabr oyida DXX xabar bergan edi. Öşanda şahar hokimi 35 sotix yerda köp qavatli uy quriş huquqini olib beriş evaziga 60 ming dollar olgani, tergov davomida uning boşqa qilmişlariga ham huquqiy baho berilişi aytilgandi.

Talon-toroj moddasi böyiça qözğatilgan jinoyat işlaridan navbatdagisi ança şov-şuvli. Gap – Migratsiya agentligidagi korrupsiya haqida ketyapti. Agentlikning sobiq mulozimi, xalqaro qidiruvga berilgan Aziz Toştemirov öz Telegram-kanalida agentlik direktori Behzod Musayevga nisbatan turli ayblovlarni ilgari surib kelyapti. U ikki hafta oldingi postida ikki kişiga agentlik hisobidan asossiz tarzda oylik tölaganini iddao qilgan edi. Ayni şu postda keltirilgan ism-familiyali şaxslarga tölangan oylik masalasi Boş prokuratura huzuridagi Departament tekşiruvida öz tasdiğini topdi.

Departament xabariga köra, Migratsiya agentligi xodimlari B.D. va N.A.ga amalda işlamagan davri uçun 932 mln (!) söm iş haqi tölangan bölib, bu orqali byudjyet mablağlari rastrata yöli bilan talon-toroj qilingan. Aziz Toştemirov öz postida bu şaxslar “Musayevning uyidagi işçilari” bölganini yozgan, ammo bu iddao böyiça rasmiy tasdiq yoki inkor hozirça yöq. Holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilyapti. Işga kimlar gumondor sifatida jalb etilgani ham ma’lum emas.

Aziz Toştemirov (çapda) va Behzod Musayev

Behzod Musayev va uning rahbarligidagi taşkilotga nisbatan Aziz Toştemirov ilgari surib kelayotgan ayblovlarga şu hafta agentlik öz rasmiy saytida munosabat e’lon qildi. Unda Toştemirov agentlikda işlagan davrida qarindoşlarining nomiga umumiy qiymati 1,5 mln dollarlik 7 ta köçmas mulk sotib olgani aytilgan va u davlat xizmatçisi sifatida bunça pulni qayerdan olgani söroq ostiga olingan. Bunga javoban, Toştemirov agentlik matbuot kotibiga bir oyda 126 mln sömgaça, boş buxgalter va kadrlar bölimi boşliğiga esa 100 mln sömgaça oylik tölangani haqidagi iddaolar bilan çiqiş qildi.

Yöl qoidabuzarliklari böyiça javobgarlik qat’iylaşadi

Qöpol qoidabuzarlarning maşinasi bir yilgaça muddatga olib qöyilişi mumkin. Deputatlar yöl harakati qoidabuzarlarini tiyişga qaratilgan şu va boşqa çoralarni közda tutuvçi qonun loyihasini birinçi öqişda qabul qildi.

Loyihaga köra, yuqori darajadagi ijtimoiy xavfga ega qoidabuzarliklar uçun haydovçining transport vositasini 6 oydan 1 yilgaça muddatga olib qöyiş taklif etilyapti. Bunda, agar qoidabuzarning avtomobili faqat bitta bölsa va şu avtomobil uning oilasi normal hayot keçirişi uçun zarur deb topilsa, bunday holatlarda maşina olib qöyilmaydi.

Muhokama vaqtida deputatlar hozirgi jarima maydonlari maşinalarni uzoq vaqt saqlaşga möljallanmagani, buning uçun yopiq bino-inşootlar yetişmasligiga e’tibor qaratdi. Avtomobil jarima maydonida turgan har bir kun uçun 30 mingdan 50 ming sömgaça tölov hisoblanadi; agar maşina 6 oy yoki 1 yil saqlab turilsa, bu kattagina summani taşkil etadi va uni kim tölaydi degan savol örtaga çiqadi. Qolaversa, uzoq muddat foydalanilmay turgan elektromobillarning batareyasi işdan çiqişi ehtimoli ham bor. Bunga javoban Içki işlar vazirligi qonun loyihasini takomillaştirib, ikkinçi öqişda yeçimlar berişini ma’lum qildi.

Qonun loyihasini parlamentda YHXX boşliği Murodbek Şerliyev taqdim etdi. / Foto: Qonunçilik palatasi matbuot xizmati

Loyihadagi muhim takliflardan yana biri – tezlikni haddan taşqari oşirib yuboriş holatlariga oid. Unga köra, ruxsat etilganidan 80 km/soatdan ortiqroq tezlikda harakatlaniş – haydovçilik huquqidan mahrum qilişga va 27 mln söm jarimaga sabab böladi. Bundan taşqari, qöpol qoidabuzarliklarni bir oy içida ikki marta sodir etgan şaxslar jarimani çegirma bilan tölaş huquqidan bir yilga mahrum bölişi kutilyapti.

Bundan taşqari, yöl bezoriligi, mast holda avtomobil boşqariş va noqonuniy poyga uyuştirganlik uçun javobgarlikni oğirlaştiriş ham közda tutilgan. Ösmir yoşdagi farzandining maşina boşqarişiga qöyib bergan ota-onalarni esa jinoiy javobgarlik kutadi: agar voyaga yetmagan şaxs rulga ötirib, jarohatlaniş yoki ölimga olib kelgan YTHni sodir etsa, unga avtomobilni topşirgan şaxs jinoiy javobgarlikka tortilişi belgilanyapti. Şuningdek, transport vositalaridan foydalaniş qoidalarini buziş moddasi böyiça jinoiy javobgarlik yoşini 16 yoşdan 14 yoşgaça pasaytiriş nazarda tutilmoqda.

Vazir: Gazsiz hududda yaşovçilar elektr tölovi böyiça çegirma olişga haqli

Yangi energetika vaziri prezidentga taqdimot qildi

Gaz yetib bormagan hududlarga elektr energiyasi uçun imtiyozli tarif joriy etiladi. Sobiq energetika vaziri bir neça yil gapirib, amalga oşirolmagan bu vazifani yangi vazir Şerzod Xöjayev öz zimmasiga olmoqda.

“2 mingga yaqin mahallada tabiiy gaz yetib bormagan. Bularni elektr bilan isitiş tizimiga ötkaziş – nima degani? U odamlar şundoğam uyini elektr bilan isityapti. Lekin elektrdan heç qanaqa çegirma olmasdan, töliq tölovlarni amalga oşirişyapti. Bizga bölgan topşiriq nima? Hududning spetsifikasidan kelib çiqqan holda, tarif siyosatimizga özgartiriş kiritamiz. Ya’ni joylaşgan hududidan kelib çiqib, energoresurslar bilan ta’minlaniş darajasidan kelib çiqib, individual tariflaş tizimi yaratiladi. Tabiiy gaz yetib bormaganidan keyin, isitiş uçun elektr energiyasidan foydalanganidan keyin, iste’molçining çegirma olişga haqqi bor”, – dedi Xöjayev.

U va sohaning yangi tayinlangan boşqa rahbarlari payşanba kuni öz rejalarini davlat rahbariga taqdimot qildi. Rasmiy xabarda “tabiiy gaz yetkazib beriş imkoniyati çeklangan mahallalarni mavsumga tayyorlaş” masalasiga ham alohida e’tibor qaratilgani aytiladi. Ta’kidlanişiça, Şavkat Mirziyoyev aholi hamda iqtisodiyot tarmoqlarini elektr va gaz bilan barqaror ta’minlaş yuzasidan topşiriqlar bergan.

Ayni paytda, gaz qazib çiqariş raqamlari xavotirli sur’atda pasayişda davom etyapti. Rasmiy statistikaga qaraganda, iyun oyida atigi 2,5 mlrd kub metr gaz qazib olingan. Bu – ötgan yilning iyuniga qaraganda 26,5 foizga kam. Yilning birinçi yarmidagi qisqariş esa 16 fozini taşkil etdi: ötgan yili yanvar-iyun oylarida qariyb 22 mlrd kub gaz qazib olingan bölsa, bu yil uşbu körsatkiç 18 mlrd kubdan biroz oşiqroq böldi. Raqamlar qazib olişdagi pasayiş sur’ati tezlaşayotganini körsatmoqda.

Uşbu fonda suyultirilgan gaz tanqisligi ham böy körsatmoqda. Kun.uz muxbiriga köra, Farğona viloyatining Quva tumanidagi xonadonlarga suyultirilgan gaz 3 oydan beri yetkazib berilmagan. Bu haqdagi reportaj e’lon qilinişi bilan, video ostidagi izohlardan propan ta’minotidagi uzoq keçikiş butun respublika böylab yoyilgan muammo ekani oydinlaşdi. Birgina Farğona viloyatida oylik ehtiyoj 10 ming tonna bölgani holda, yil boşidan beri biror marta ehtiyoj töliq qoplanmagan, oxirgi uç oyda esa ehtiyojning yarmi bazör qondirilyapti.

Eslatib ötamiz, suyultirilgan gazni import qiliş va aholiga tarqatiş jarayoniga xususiy sektor jalb qilinişi haqida uzoq yillardan beri aytib kelinadi. Joriy yilda bu tartib Andijon viloyatida tajriba tariqasida joriy etilişi közda tutilgan.

Bu hafta yana nimalar röy berdi?

Hayvonlarga nisbatan şafqatsizlik uçun jazo kuçaytirildi. 28-iyundan kuçga kirgan qonunga köra, hayvonlarga nisbatan şafqatsiz munosabatda bölgan şaxslarga nisbatan ma’muriy jarimalar ikki baravar oşirildi va endi bunday huquqbuzarlik uçun 15 sutkagaça ma’muriy qamoq jazosi ham qöllanişi mumkin. Qilmiş takroran sodir etilgan taqdirda, şaxs jinoiy javobgarlikka tortiladi. Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva yangi qonunni olqişlab e’lon qilgan bayonotiga, administratsiyaning Yalpiz va Darxon laqabli “xodimlari” videosini ham ilova qildi. Qayd etiş lozim, 7-avgustdan e’tiboran hayvonlarni identifikatsiya qiliş va röyxatga oliş töğrisidagi qonun ham kuçga kirdi.

Toşkent şahrida törtta köp qavatli uy noqonuniy qurilgani ma’lum böldi. Gap Yakkasaroy tumanidagi Newport turar joy majmuasi haqida ketyapti. Quriliş inspeksiyasiga köra, majmuaning 9 ta blokidan 6 tasida quriliş işlari tegişli hujjatlarsiz olib borilgan; quruvçi kompaniya inspeksiyaning körsatmalarini bajarmay kelgan. Boz ustiga, bu majmua qurilişi uçun mulkdorlar bilan kompensatsiya masalasi ham öta muammoli, hatto ayrim uylar özboşimçalik bilan buzib taşlangan. Jabrlanuvçilar bu haqda bir neça oydan beri ijtimoiy tarmoqlarda yozğirib kelgan bölsa-da, rasmiylar Saida Mirziyoyevaning ötgan haftadagi topşiriğidan keyingina bu holatga e’tibor qaratib, jinoyat işi qözğatilganini ma’lum qildi.

Poytaxtdagi yana bir quriliş maydonida yer öpirilib tuşdi. Yakkasaroydagi şunga öxşaş holatdan bir oy ötmasdan, endi Olmazor tumani Orzu massividagi quriliş ob’yektida tuproq köçişi sodir böldi. Oqibatda bir kişi jabrlandi va jinoyat işi qözğatildi. Bu holatda ham quriliş maydoniga tutaş köp qavatli uy aholisi rasmiy idoralarga köp marta murojaat qilgan, toki öpiriliş sodir bölmagunga qadar bu murojaatlarga tayinli javob bölmagan. Ma’lum bölişiça, mehmonxona qurilayotgan bu joy muqaddam 243-sonli maktabga tegişli bölgan va 2020-yilda, heç qanaqa oçiq auksionsiz xususiy kompaniyaga sotib yuborilgan.

Hukumat aholini elektromobil uçun kredit olişga rağbatlantirmoqçi. Jamoatçilik muhokamasiga qöyilgan hujjat loyihasiga köra, birlamçi bozordan avtokredit asosida sotib olinadigan elektromobillar uçun jismoniy şaxslarga dastlabki 2 yil davomida foiz stavkasining 16 foizdan oşadigan, lekin 8 foiz banddan yuqori bölmagan qismi uçun kompensatsiya tölaş taklif etilyapti. Avvalroq elektromobil egalariga maşinasini quvvatlaş uçun subsidiya ajratişga oid qaror loyihasi ham e’lon qilingan edi. Ta’kidlaş kerak, mazkur kompensatsiya va subsidiyalardan asosan öziga töq qatlam bahramand böladi. Vaholanki, 2024-yilda aynan öziga töq qatlam byudjyetdan asossiz subsidiya olyapti deya, elektr va gaz böyiça tabaqalaşgan tariflar joriy etilgan edi.