Prezident Şavkat Mirziyoyev bugun, 21 iyul kungi selektorda ham “mahalla yettiligi” işini yangiça taşkil etiş masalasiga alohida e’tibor qaratdi.

Ötgan hafta bu borada barça masalalar tuşuntirilib, mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berilgan edi.

Qayd etilişiça, bu borada “Dolzarb 40 kunlik” e’lon qilinib, 2 mingta eng oğir mahallada işlarni mutlaqo yangi tizim asosida taşkil etiş boşlangan.

“Uşbu mahallalarda hokim, mahalla raisi va bandlik bölimi örtasidagi uç tomonlama şartnomalar qayta körib çiqildi.

Hokimlar 2 mingta oğir mahallada elektr, gaz, yöl va suv masalalarini öz vaqtida hal qilişga şaxsan javobgar böladi.

Bandlik tizimi mas’ullari ehtiyojmand aholini öqitiş, işga joylaştiriş va daromadini oşiriş maqsadida hududma-hudud yuradi.

Özbekiston mahallalari uyuşmasi raisi Qahramon Quronboyev / Foto: Prezident matbuot xizmati

Mahalla tizimi rahbarlariga 8 992 ta mahallada köçalar va uylarni obod qiliş, daraxt va köçat ekiş, ariqlarni toza tutiş böyiça aniq majburiyatlar yuklatildi”, – deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Avvalroy har bir rahbar bittadan mahallaga mas’ul bölişi xabar qilingandi.