“Mikroelektronika Plyus” MÇJ şahar transport tarmoğida tölovlarni avtomatlaştiriş loyihasining navbatdagi bosqiçi doirasida rivojlangan davlatlarning ilğor tajribalarini inobatga olgan holda milliy qurilma dasturiy kompleksining ikkinçi avlodini işlab çiqardi.

Ikkinçi avlod qurilma dasturiy kompleksining avvalgisiga nisbatan asosiy ustunliklari quyidagilardan iborat:

- hozirgi kunda dunyoda keng tarqalayotgan QR kod identifikattsiya tizimi joriy etilganligi - endilikda yölovçilar tölovlarni amalga oşirişda QR-kod tasviridan foydalanişlari mumkin;

- tölov haqidagi ma'lumotlar tasvirlanadigan ekranning kattalaştirilgani;

- çipta (çek)larni çop etiş qurilmasining  takomillaştirilganligi - endilikda u çop etilgan biletni avtomatik tarzda kesib beradi.

Hulosa qilib aytadigan bölsak, yangi avlod tölov tizimida eng zamonaviy 3 xil turdagi - NFC tölov kartasi, NFC interfeysli smartfon va QR-kod orqali tölovlarni amalga oşiriş imkoniyati yaratildi.

Şuni alohida ta'kidlaş joizki, mazkur qurilma dasturiy kompleksining qurilma va dasturiy ta'minot qismi töliq mahalliy mutaxassislar, ya'ni “Mikroelektronika Plyus” MÇJ tomonidan loyihalaştirildi hamda dasturiy ta'minot qismi töliq Özbekistonda işlab çiqildi.

Qurilmani işlab çiqarişni mahalliylaştiriş darajasi deyarli 80 foizga yetkazilib, ust qismi va mikroelektronik ehtiyot qismlarni keltirişda xorijning yetakçi kompaniyalari bilan hamkorlik qilinmoqda.

Şuningdek mazkur tizimning mahalliy işlab çiqaruvçilar tomonidan işlab çiqarilişi unga milliy standartlarga muvofiqlik va xavfsizlikni ta'minlaş imkonini beradi.