Bu haqda xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2026-yil 25-sentabrdagi qarori qabul qilindi.
Hujjatga koʻra, avtobus va metropolitenda bir yoʻlovchining bir martalik qatnovi uchun naqd toʻlovda 3 000 soʻm, elektron toʻlov tizimi orqali toʻlanganda esa ragʻbatlantiruvchi chegirma bilan 2 500 soʻm undiriladi. Bir yoʻlovchining bagajini tashish xizmati 4 000 soʻm etib belgilangan. Ushbu narxlar QQSni oʻz ichiga oladi.
Transport kartalari uchun tariflar
Qaror bilan avtobus hamda avtobus va metrodan birgalikda foydalanish uchun turli muddatlarga moʻljallangan tarif rejalari tasdiqlangan. Jumladan:
Tarif muddati | Avtobus | Avtobus + metro |
|---|---|---|
1 kunlik | 11 500 soʻm | 13 500 soʻm |
5 kunlik | 42 500 soʻm | 57 500 soʻm |
7 kunlik | 54 000 soʻm | 73 000 soʻm |
10 kunlik | 84 500 soʻm | 115 500 soʻm |
15 kunlik |

















