Madridning «Real» klubi prezidenti Florentino Peres ma'lum qildiki, jamoaning portugaliyalik hujumçisi Kriştianu Ronalduning klubdagi kelajagi u terma jamoasi bilan Konfederatsiyalar kubogida iştirok etib qaytgaç, muhokama qilinadi.
Ötgan haftada bir qator naşrlarda Ronaldu Ispaniya prokuraturasi öziga nisbatan soliqlarni tölamaslik ayblovi bilan iş oçgaç, «Real»dan ketişga qaror qilgani haqida yozilgandi.
«Men oxirgi marta Ronaldu bilan Kardiffda, Çempionlar ligasi finalidan keyin gaplaşgandim, biz öşanda keyingi mavsum haqida gaplaşgandik.
Hozirgi vaziyatni tuşunmayapman, bu juda ğalati vaziyat. Men u bilan Konfederatsiyalar kubogidan keyin gaplaşaman. Men u ketadi deb öylamayman. Biz Ronaldu, Xames Rodrigesu va Alvaro Morata böyiça takliflar olmaganmiz», - deya Peresning sözlarini keltirgan As naşri.
Klub prezidenti şuningdek, uşbu futbolçi uçun 1 milliard yevro miqdoridagi tovon puli belgilab qöyilgani haqida ma'lum qilgan.
«Uning «Real» bilan şartnomasidagi badal puli miqdori - 1 milliard yevro. Agar boşqa klublar bunça pul tölaşmasa, u ketmaydi», degan prezident Onda Cero radiosi efirida.
Ronalduga da'vogar jamoalar «Mançester Yunayted», «PSJ», «Monako», «Çelsi», «Mançester Siti» va Xitoy klublari bölib turibdi.
4 karra «Oltin töp» sohibi 2009 yilda «Real»ga «Mançester Yunayted» safidan rekord darajadagi mablağ evaziga kelib qöşilgandi. Hozirda 32 yoşga çiqqan futbolçi yakunlangan mavsumda «Real» uçun 46 öyinda maydonga tuşib, 42ta gol urdi.












