“Toşkent-Aero” ixtisoslaştirilgan bojxona kompleksi xodimlari tomonidan yirik miqdordagi dori vositalari va tibbiy buyumlarni yaşirin yöllar bilan olib kirilişiga doir bir neçta bojxona qoidabuzarliklarini foş qilindi, deb xabar bermoqda “Toşkent-Aero” IBK axborot xizmati.

Jumladan, Islom Karimov nomidagi Toşkent xalqaro aeroportida Moskvadan uçib kelgan fuqaro J.Reymovga tegişli bölgan bagaj bojxona körigidan ötkazilganda, uning içida, yölovçi bojxona deklaratsiyasida körsatilmagan va bojxona xodimining oğzaki sörovida taqdim qilinmagan 23 turdagi 3389 dona dori vositalari va 4 turdagi 8 dona biologik aktiv qöşimçalar borligi aniqlandi.

Ekspertiza xulosalariga köra, mazkur dori vositalari Özbekiston Respublikasida Tibbiyot amaliyotida qöllanişga ruxsat etilgan dori vositalari Davlat reyestriga kiritilmaganligi bois, ularni sotiş va tibbiyot amaliyotida qöllaş taqiqlangan. Biologik aktiv qöşimçalar esa tegişli sifat va xavfsizligini tasdiqlovçi hujjatlari yöqligi bois foydalaniş uçun yaroqsiz, deb topildi.

Aşyoviy dalil sifatida olingan mazkur dori vositalari va biologik aktiv qöşimçalarning umumiy bahosi 84 mln. sömdan oşar ekan.

Uşbu holat yuzasidan fuqaro J.Reymovga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegişli moddasi bilan jinoyat işi qözğatildi.

“Istanbul-Toşkent” reysi böyiça parvozini yakunlagan fuqarolar G.Aşimova, Ç.Polvonova hamda J.Oltiboyevlar ham bojxonaçilarning közini şamğalat qiliş maqsadida yölovçi bojxona deklaratsiyasida va bojxona xodimining oğzaki sörovlari paytida ma'lum qilinmagan dori vositalarini bagajlardagi bolalar oyoq kiyimlari qutilari orasiga yaşirgança olib kirmoqçi bölişdi.

Ammo, bu qinğir reja ularga naf bermadi. G.Aşimova 1000 dona, Ç.Polvonova salkam 1200 dona va J.Oltiboyev 1,5 ming donadan ortiq konvalyutada 3 turdagi dori vositalarini olib kirişga uringan paytda töxtatib qolindi. Yölovçi bojxona deklaratsiyasida körsatilmagan mazkur dori vositalari va 30 juft bolalar oyoq kiyimlarining umumiy qiymati esa salkam 148 mln. sömni taşkil qilar ekan.

Eslatib ötamiz, respublikada jismoniy şaxslar şaxsiy foydalaniş uçun turli nomdagi 10 tagaça dori preparatlaridan iborat dori vositalari va ularning har biri uçun 5 öramdan ortiq bölmagan dori vositalari, şuningdek 5 birlikdan ortiq bölmagan tibbiy buyumlarni olib kirişlari yoki olib çiqişlari mumkin.

Bu jarayondagi eng muhim talablardan yana biri şundaki, bojxona çegaralari orqali şaxsiy maqsadlarda olib ötilayotgan dori vositalari va tibbiy buyumlar işlab çiqaruvçining öramida bölişi kerak.