Bugun Özbekiston Respublikasi Prezidenti Ş.Mirziyoyevning «Biznesning qonuniy manfaatlari davlat tomonidan muhofaza qilinişi va tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantiriş tizimini tubdan takomillaştirişga doir çora-tadbirlar töğrisida»gi farmoni e'lon qilindi.
Unga köra Özbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi muassislarining quyidagi takliflari ma'qullangan:
• Özbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining qurultoyi oliy boşqaruv organi hisoblanadi va u har tört yilda kamida bir marta yiğiladi;
• qurultoylar orasida palataning boşqaruv organi qurultoy delegatlari tomonidan saylanadigan 25 kişidan iborat Özbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Prezidiumi hisoblanadi;
• palataning ijro etuvçi organi Özbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi ijroiya qömitasi hisoblanib, u öz faoliyatida Özbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Prezidiumiga bevosita hisobot beradi;
• Özbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi lavozimiga Özbekiston Respublikasi Prezidetining tavsiyasi böyiça Özbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi s'yezdining delegatlari tomonidan saylanadi;
• Özbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi lavozimi böyiça Özbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Prezidiumi raisi hisoblanadi va Özbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi ijroiya qömitasi işini boşqaradi;
Özbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Özbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Ijroiya qömitasi raisining birinçi örinbosari va örinbosarlari lavozimlariga Özbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisining tavsiyasi bilan Özbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Prezidiumi tomonidan tayinlanadi.
Özbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasiga quyidagi huquqlar berilsin:
• Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi, Özbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar va idoralarga işbilarmonlik va investitsiya muhitini yaxşilaş, şuningdek, tadbirkorlik sub'yektlari faoliyatini tartibga soliş masalalari böyiça takliflar taqdim etiş;
• ekspert kengaşlarini taşkil etiş, şuningdek, vakolatli davlat organlariga qabul qilingan me'yoriy-huquqiy hujjatlar böyiça noaniqliklar va turliça yondaşuvlarni bartaraf etiş böyiça majburiy javob talab etiladigan yozma sörovnomalarni taqdim etiş;
• Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar va idoralarga biznes rivojlanişiga tösqinlik qilayotgan va çeklayotgan me'yoriy-huquqiy hujjatlarga özgartirişlar va qöşimçalar kiritiş, şuningdek, ularni bekor qiliş töğrisidagi takliflarni taqdim etiş;
• Nazorat qiluvçi organlar faoliyatini muvofiqlaştiruvçi Respublika kengaşi tomonidan tasdiqlanadigan tadbirkorlik sub'yektlarida ötkaziladigan tekşiruvlarning muddatlari va sonini belgilaşda, tadbirkorlik sub'yektlarining manfaatlarini himoya qiliş uçun bevosita ularning faoliyati tekşiruvlarida iştirok etiş, şuningdek, tekşiruvlarning natijasi böyiça qabul qilingan nazorat organlarining qarorlariga norozilik bildiriş;
• tadbirkorlik sub'yektlari va davlat organlari örtasidagi nizolarni tartibga solişni ta'minlaş maqsadida davlat hokimiyati organlari, mahalliy özini özi boşqariş organlari, xöjalik boşqaruvi organlari va ularning vakolatli şaxslaridan zarur ma'lumotlar, hujjatlar va materiallarni sörab oliş;
• jinoiy işlar böyiça amaliyotda jamoat himoyaçilari sifatida iştirok etiş;
• davlat organlarining vakolatli şaxslari qarorlari, harakati yoki harakatsizligi ustidan şikoyatlar böyiça tadbirkorlik sub'yektlari nomidan sud jarayonining istalgan bosqiçida iştirok etiş, şuningdek, şikoyat arizalari bilan bir qatorda apellyatsiya, kassatsiya şikoyatlari, arizalar, jumladan, nazorat tartibida rad etiş töğrisidagi xatlarni taqdim etiş;
• davlat aktivlarini xususiylaştiriş, jumladan, davlat mulki obektlarini «nol»ga teng xarid qiymati böyiça sotiş, şuningdek, davlat organlari va davlat xizmatlarining ayrim funksiyalarini xususiy sektorga beriş, şuningdek, davlat-xususiy şeriklik mexanizmlarini joriy etiş töğrisida takliflar taqdim etiş;
• özining tarkibida belgilangan tartibda ta'lim muassasalarini taşkil etiş.











