Özbekiston tarixi va madaniyatiga oid köplab qimmatbaho eksponatlar xorijiy davlatlarning muzeylari va arxiv fondlarida saqlanmoqda. Uşbu madaniy meros yodgorliklarini aniqlaş va tadqiq etiş, imkon qadar mamlakatimizga olib keliş yuzasidan keyingi yillarda muayyan işlar qilindi.
Ayni vaqtda xalqimiz, xususan, yoşlarimizni ana şu bebaho ma'naviy boylikdan bahramand etiş, tariximiz va madaniyatimizning noma'lum sahifalarini çuqur örganiş, çet ellardagi Özbekistonga oid madaniy boyliklar haqida töliq ma'lumotlar bazasini yaratiş, bu yönalişdagi işlarning samaradorligini yanada oşiriş maqsadida Vazirlar Mahkamasi huzurida Özbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etiş markazini (keyingi örinlarda Markaz deb yuritiladi) taşkil etiş töğrisidagi taklifi ma'qullandi. ÖzA şu haqidagi ma'lumoti bilan bölişdi.
Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilandi:
- milliy va xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda, çet ellarda saqlanayotgan, mamlakatimiz tarixi va madaniyatiga oid madaniy boyliklarni aniqlaş, ularning töliq ma'lumotlar bazasi – reyestrini yaratiş va uni muntazam yangilab boriş, şuningdek, ana şu tarixiy eksponatlarning asl yoki köçirma nusxalarini, foto va videotasvirlarini yurtimizga olib keliş, tegişli ilmiy markazlar, xususan, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Şarqşunoslik instituti bilan birgalikda ilmiy tadqiqotlar olib borib, erişilgan natijalarni ilmiy muomalaga kiritiş borasidagi işlarni muvofiqlaştiriş;
- faoliyat yönalişi böyiça xorijiy davlatlardagi muzey va fondlar, arxivlar, ilmiy-madaniy muassasalar bilan özaro madaniy aloqalarni yölga qöyiş, turli anjumanlar, konferensiya va körgazmalar taşkil etiş;
- çet mamlakatlarda saqlanayotgan madaniy boyliklarni yurtimizga qaytariş yuzasidan muzokaralar olib boriş va zarur çora-tadbirlar köriş, bu borada xalqaro miqyosdagi ilğor tajribani örganiş va amaliyotga joriy etiş;
- madaniy boyliklarning olib kirilişi va olib çiqilişi töğrisidagi qonun hujjatlariga rioya qilinişi va samarali bajarilişini tahlil qiliş, ularni takomillaştiriş böyiça takliflar işlab çiqiş, şuningdek, xalqaro şartnomalar va umume'tirof etilgan normalarni milliy qonunçiligimiz nuqtai nazaridan atrofliça örganiş;
- xorijdagi mamlakatimiz tarixi va madaniyatiga oid madaniy boyliklarni ommaviy axborot vositalarida, jumladan, global internet tarmoğida keng yoritiş, ular haqidagi bibliografik töplamlar, kataloglar, kitob-albomlar va boşqa matbaa mahsulotlarini turli tillarda naşr etib boriş;
- töplangan materiallarni mamlakatimiz va jahon miqyosida ilmiy muomalaga kiritiş.
Mazkur qarorning ijrosini nazorat qiliş Özbekiston Respublikasining Boş vaziri A.Aripov va Özbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatçisi X.Sultonov zimmasiga yuklandi.












