Qozoğiston öz harbiy xizmatçilarini Suriyaga yuboriş böyiça heç kim bilan muzokaralar olib borayotgani yöq. Bu haqda Qozoğiston TIV rahbari Qayrat Abdurahmanov jurnalistlarga ma'lum qildi.
Uning ta'kidlaşiça, "Suriyadagi harbiy harakatlardan xoli törtta hududdagi xavfsizlik va samaradorlikni ta'minlaş masalasi ayni damda Ostona jarayoni kafil-davlatlari ixtiyoridadir (Rossiya, Turkiya, Eron – tah.). Ular bu va boşqa masalalarni Ostonada 4-5 iyul kunlari bölib ötadigan uçraşuvda muhokama etadi".
"Bizning davlat uçun tinçlikparvar kuçlarimizni dunyodagi istalgan qaynoq nuqtaga yuboriş imkoniyatini körib çiqişda BMT XK rezolyutsiyasi va butunjahon taşkilotining tegişli mandati bor ekani juda muhim talabdir", - deya ma'lum qildi Abdrahmanov.
Vazirning sözlariga köra, Qozoğiston manfaatdor tomonlarga uçraşuv uçun joy taqdim etib, Suriya inqirozini hal etiş jarayoniga hissa qöşmoqda.
Avvalroq Turkiya prezidenti vakili Ibrohim Qalin Rossiya Suriyadagi harbiy harakatlardan xoli nuqtalarga Qirğiziston va Qozoğistondan harbiylarni jönatiş taklifini ilgari surgani haqida gapirgani ma'lum qilingandi.












