Sobiq ittifoq qurolli kuçlari qömondonligi natsistlar Germaniyasining uruşga tayyorgarligi haqida 22 iyundan uç oy oldin xabardor bölgan. Biroq, bu josuslik ma'lumotlariga işonçsizlik bilan qaraşgan, deyiladi general-leytenant Kuzma Derevyankoning xotiralarida. Ulardan maxfiylik maqomi Rossiya mudofaa vazirligi tomonidan Ikkinçi jahon uruşi boşlangani sanasiga 76 yil tölişi munosabati bilan olib taşlandi.

Derevyanko uruş boşlangan payt Boltiqböyi alohida harbiy okrugi ştabi josuslik bölimi rahbari örinbosari bölib işlagan. Derevyanko va yana olti nafar sovetlar sarkardasi tomonidan uruş boşlanişi haqida xotiralar sovetlar armiyasi boş ştabi harbiy-tarixiy boşqarmasi iltimosiga köra 1953 yilda yozilgan. Ular Rossiya mudofaa vazirligi saytida ilk bora e'lon qilindi.

"Qömondonlik va okrug ştabi Germaniyaning Sobiq ittifoqqa qarşi uruşga jiddiy tayyorgarlik körgani borasida işonçli ma'lumotlarga ega bölgan. Bu harbiy harakatlar boşlanişidan ikki-uç oy muqaddam röy bergan. Josuslik bölimi tomonidan turli manbalar orqali olingan ma'lumotdan taşqari, josuslik bölimi rahbari va men 1941 yilning mart-aprel oyilarida okrug qömondonligiga şaxsiy kuzatuvlar haqida hisobot berganmiz. Ular bizning Memel, Şarqiy Prussiya va Suvalk viloyatidagi işimiz paytida olingan", - deya yozdi Derevyanko.

Josusning xotiralariga köra, iyun oyi boşidayoq Boltiqböyi alohida harbiy okrugi qömondonligiga Hitler qöşinlari hujumga tayyorgarlik körayotgani haqida ma'lumot yetkazilgan.

"Hitler Germaniyasi tomonidan harbiy harakatlar boşlanişi vaqtiga oid ma'lumotlar okrug ştabiga iyun oyining boşida kelib tuşa boşlagan. Ular josuslik bölimi tomonidan yiğilgan. Uruşdan avvalgi eng sönggi haftada bu ma'lumotlar deyarli har kuni kelardi, şu bilan birga, 3-4 kun avval esa nafaqat kun, balki harbiy harakatlar qaysi soatda boşlanişi ham aytila boşlandi. Bu ma'lumotlarning bari josuslik bölimi tomonidan okrug ştabi boşliğiga tezkorlik bilan yetkazilardi va josuslik boşqarmasiga şifrlaş orqali berilardi", - deya ta'kidlab ötdi Derevyanko.

Şu bilan birga, generalning qayd etişiça, Boltiqböyi alohida harbiy okrugi josuslari uruş boşlanişiga qadar qömondonlikdan öz işlarining baholanişi borasida ma'lumotlar olmagan.

"Biroq, menda şunday fikr uyğongan ediki, okrug qömondonligi xatarga töla baho bermagan va köplab ma'lumotlarga işonçsizlik bilan qaragan", - deya yozgan harbiy qömondon.

Uning xotirlaşiça, Şimoli-ğarbiy front razvedkasi işi, general Vatutin ştab boşliği etib tayinlangaç, uruşning ikkinçi haftasida ança yaxşilandi.