Joriy yilning 22 iyun kuni Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan “Şoşilinç va tez tibbiy yordam tizimi: dolzarb masalalar va istiqboldagi rejalar” mavzusida matbuot anjumani ötkazildi, deb xabar berdi Kun.uz’ga Soğliqni saqlaş vazirligi axborot xizmati.

Tadbir mamlakatda şoşilinç va tez tibbiy yordam sohasida qabul qilinayotgan me'yoriy hujjatlar mazmun-mohiyatini çuqurroq örganiş, yaratilayotgan imkoniyat va qulayliklardan aholini yaqindan taniştiriş hamda tizim oldida turgan vazifalar va istiqboldagi rejalarni muhokama qiliş maqsadida taşkil etildi. 

Mustaqillik yillarida Özbekistonda aholiga şoşilinç va tez tibbiy yordam körsatiş böyiça öziga xos infratuzilma yaratildi. Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi va uning viloyatlardagi filiallari, tuman va şahar tibbiyot birlaşmalari qoşidagi bölimlari, mamlakatimizning barça hududlaridagi tez tibbiy yordam xizmati stansiyalari va sanitar aviatsiya xizmati xalq salomatligi yölida faoliyat yuritmoqda.

Mazkur xizmat öz oldiga aholiga malakali ixtisoslaştirilgan, yuqori texnologiyali şoşilinç, tez va keçiktirib bölmaydigan holatlarda tibbiy xizmat körsatiş, samaradorligi böyiça jahon talablariga mos keladigan şoşilinç tibbiy yordam tizimini taşkil etiş, xorijiy turdoş taşkilotlar bilan yaqin hamkorlik örnatiş kabi vazifalarni  maqsad qilib qöygan. 

Eng asosiysi, soha rivoji yölida amalga oşirilayotgan keng kölamli çora-tadbirlar natijasida şoşilinç tibbiy yordam tizimida yiliga 600 ming nafardan ziyod bemorga yuqori malakali statsionar va 1 million nafardan ortiq bemorga ambulator yordam hamda 7 milliondan ziyod çaqiriqlar böyiça xizmat körsatilmoqda.

Şoşilinç holatlarda bemorga yordam körsatiş uçun zarur vositalarga ega bölgan şoşilinç yordam brigadalari zudlik bilan yetib borişi muhimdir.  Şundan kelib çiqib, yil oxirigaça 1200 ta tez tibbiy yordamga ixtisoslaştirilgan avtotransport vositasi sotib olinişi rejalaştirilgan bölsa, şu kunlarda zarur vositalar bilan jihozlangan 200 ga yaqin tez tibbiy yordam avtomaşinalari xarid qilinib, ehtiyoj baland bölgan hududlarga yetkazib berildi.

Şuningdek, Soğliqni saqlaş vazirining joriy yil 13 fevraldagi “Tez tibbiy yordam avtotransportlarining ixtisoslaştirilgan va umumtarmoq brigadalarini, tez tibbiy yordam xizmati çaqiriqlarida körsatiladigan tibbiy xizmatlar uçun zarur böladigan dori-darmonlar va tibbiyot buyumlari bilan ta'minlaş normativlarini tasdiqlaş haqida”gi buyruğiga köra, tez tibbiy yordam xizmatining bitta maxsus brigadasida 41  nomdagi, umumtarmoq brigadasida esa 36 nomdagi dori vositalari bölişi belgilandi va ular bilan ta'minlaş işlari jadallik bilan olib borilayotir. 

Bundan taşqari, şoşilinç holatlarda tibbiy yordam brigadasi işini taşkillaştiruvçi asosiy böğin — tez yordam xizmati dispetçerlari qayta öqitilib, ularga nisbatan talablar ham oşirildi. Endi dispetçerlarning kasbiy mahorati va malakasini mustahkamlaş uçun ular qayta öqitiladi. Çunki bugungi kun dispetçerining vazifasi faqat murojaatni yozib olib, uni kerakli mutaxassisga yetkaziş emas, zarur holatda u murojaat qiluvçiga tez tibbiy yordam brigadalari yetib borguniga qadar körsatilişi lozim bölgan birinçi tibbiy yordam böyiça maslahatlar bera olişi ham kerak.  

Olib borilayotgan islohotlarning yana bir ahamiyatli jihati şundaki, birlamçi tibbiy böğinda tibbiy xizmatning tezkorligini ta'minlaş va şu orqali şoşilinç va ixtisoslaştirilgan tibbiy xizmatga tuşayotgan yuklamalarni yengillaştiriş maqsadida yaqinda poytaxtimizdagi jami 60 ta şahar oilaviy poliklinikalarning har biriga ikkitadan, jami  120 dona “DAMAS” rusumli avtomaşinalar topşirildi. Endilikda bemorlarning uyiga borib, eng kerakli tibbiy muolajalarni amalga oşiriş, zarur holatlarda ularni oilaviy poliklinika yoki boşqa tibbiyot muassasasiga yetkazib boriş xamda patronaj xizmatini körsatiş kabi vazifalar öz vaqtida, keçiktirilmay amalga oşiriladi. Avtomaşinalar öz hududi böylab harakatlangani bois, yöllar tirbandligidan kelib çiqadigan tez yordam birigadalarining keçikişi kabi holatlarning  oldi ham olinadi.

Tadbir davomida mazkur tizimning bugungi holati, tez tibbiy yordam xizmatining sifat va samaradorligini oşiriş, şoşilinç tibbiy yordam sohasidagi ilmiy tadqiqotlar kölamini kengaytiriş hamda bu borada xalqaro hamkorlikni çuqurlaştiriş böyiça Prezident tomonidan belgilangan aniq vazifalar ijrosi haqida ham söz yuritildi.