Messenjerlarda şifrlaşning kuçsizlantirilişi mamlakat milliy xavfsizligiga rahna soladi va nafaqat terrorçilar, balki barça foydalanuvçilarga zarba bölib tuşadi. Şu bilan birga, teraktlar tahdidi yöq bölmaydi, deya ma'lum qildi Telegram asosçisi Pavel Durov "VKontakte" ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida.
Durov: Telegram’ning tösib qöyilişi terrorçilarga muammo keltirib çiqarmaydi
"Telegram yoki WhatsApp kabi kommunikatsiya vositalari faqatgina ehtimoliy terrorçilar uçun xavfsiz böla olmaydi. Bunday servislarni şifrlaş barça foydalanuvçilarni birdek himoya qiladi, yoki ularga zarba bölib tuşadi. Alohida olingan davlatdagi oxirgi şifrlaş ön millionlab kişilarni xakerlar hujumi va korrupsiyaga boşi bilan şönğigan amaldorlarning şantaj qilişidan himoyasiz qilib qöyadi", - deya yozdi Durov.
Telegram asosçisining ma'lum qilişiça, barça messenjerlarda şifrlaşni kuçsizlantiriş mamlakatning milliy xavfsizligiga rahna soladi va uni teraktlar xalos eta olmaydi. "Bunday holatda xorijiy maxsus xizmatlar Rossiya fuqarolarining barça yozişmalarini olişi mumkin böladi. Şu bilan birga, teraktlar xavfi yöqolmaydi – Parijdagi voqealardan köriş mumkinki, teraktni amalga oşiriş uçun bir marta işlatiladigan telefon va heç qanday şifrlaşsiz oddiy SMS kifoya qiladi", - deya ta'kidlab ötdi u.
Şuningdek, Durov Sankt-Peterburgdagi teraktga tayyorgarlik körişda Telegram’dan foydalanişgani borasidagi ma'lumotlarga gumon bilan qaraşini bildirdi.












