4-avgustga ötar keçasi dunyoning turli mamlakatlaridagi foydalanuvçilar Telegramʼni App Store orqali yuklab oliş imkoniyati yöqolganini payqadi. Ilova qidiruv natijalarida körinmay qolgan, taxminan ikki soat ötgaç esa yana dökonda paydo bölgan.

Reuters agentligi Telegram vakillaridan izoh söragan. Kompaniya ilova haqiqatdan ham qisqa vaqt davomida App Storeʼda mavjud bölmaganini tasdiqlab, muammo tezkorlik bilan bartaraf etilganini bildirdi.

«Telegram App Storeʼga qaytarildi va yaqin vaqt içida barça foydalanuvçilar uçun yana töliq oçiladi», - deyilgan kompaniya bayonotida.

Apple esa Reutersʼning uşbu holat böyiça söroviga hozirça javob bermagan.

Bu Telegramʼning App Storeʼdan birinçi marta yöqolişi emas. 2018-yilda ham messenjyer Apple dökonidan bir neça soatga olib taşlangan edi. Öşanda bunga kontentni yetarli darajada moderatsiya qilmaslik sabab sifatida körsatilgan. Telegram işlab çiquvçilari filtrlaş tizimini yangilagaç, ilova App Storeʼga qayta tiklangan.

Sönggi yillarda Telegramʼda kontent moderatsiyasi bilan boğliq e’tirozlar kuçaygan. Fransiyada aynan şu masala Pavel Durovning uşlanişiga sabablardan biri sifatida tilga olingan edi.

Şuningdek, 2026-yil iyul oyida Rossiya hukumati ham Durovga nisbatan «terrorizmga kömaklaşiş» ayblovini ilgari surdi. Şu asosda u Rossiyada «terroristlar va ekstremistlar» röyxatiga kiritilgan.