Kolumbiyaning VivaColombia aviakompaniyasi laynerlarda tik örindiqlar, deya ataluvçi yangilikni joriy qilmoqçi. Bunda salonga köproq yölovçilar siğadi, deb yozmoqda The Telegraph.
Loukoster boş direktori Uilyam Şoning ma'lum qilişiça, kompaniya mutaxassislarga uşbu masala bilan şuğullaniş vazifasini bergan. «Biz samolyotda parvoz qilişni arzonlaştiriş mumkin bölgan barça usullardan juda manfaatdormiz», - deya ta'kidlab ötdi top-menejyer.
Tik örindiqlar ostidan kursilar kötariladi. Avval yölovçilar uçun şunday joylarni yaratiş ğoyasi qator aviakompaniyalar va işlab çiqaruvçilardan çiqqandi.
Xususan, 2010 yilda Yevropaning Ryanair loukosteri boş direktori Maykl ÖLiri bu ğoyani ilgari surgan. Tadbirkor samolyotlardagi xavfsizlik kamarlaridan voz keçişni taklif qilgan, uning iddao etişiça, ular aviahalokat yuz bersa, yölovçi hayotini baribir saqlab qola olmaydi.
Buyuk Britaniya fuqarolik aviatsiyasi boşqarmasi uning fikriga qöşilmadi. Boşqarmadan ta'kidlaşlariça, “tik örindiqlar” joriy etilişidan oldin ularning xavfsizligiga yuz foiz işonç hosil qiliş kerak.

Ilk bora esa Airbus korporatsiyasi 2003 yilda bunday kursilar yaratiş taklifi bilan çiqqan. Italiyaning Aviointeriors işlab çiqaruvçisi 2010 yilda bu ğoyani hayotga tatbiq etib, SkyRider kursilarini taqdim etdi.
Kompaniyadan bildirişlariça, bunday mahsulot salonda qöşimça 25 foiz joyni böşatiş imkonini beradi. Biroq bugungi kunda dunyoning bironta aviakompaniyasida şunday kursilardan foydalanilmaydi.












