«Napoli» jamoasi va Argentina terma jamoasi sobiq hujumçisi Diyego Maradonaga Neapol şahri faxriy fuqarosi unvoni beriladi. Bu haqda RT xabar bergan.

Tantanali marosim Neapolning eng katta maydoni - Pyatstsa-del-Plebişitoda 5 iyul kuni bölib ötadi, deb ma'lum qildi ANSA.

Maradona «Napoli»da 1984-1991 yillar davomida öynagan. U jamoa tarkibida 259 uçraşuv ötkazdi va 115 gol urdi. Argentinalik «Napoli» bilan birga Italiyada ikki karra çempionga aylangan, şuningdek, UYeFA kubogi va Italiya kubogi, hamda mamlakat superkubogini qölga kiritgan.