Argentina futboli afsonasi Diyego Maradonaning sönggi kunlarida unga qaragan 8 nafar tibbiyot xodimidan 7 nafari ehtiyotsizlik tufayli qotillik va ehtiyotsizlik tufayli uning ölimiga sabab böliş moddalari bilan ayblanib, sudlanadi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Maradona 2020 yil 25 noyabrida 60 yoşida vafot etdi. Bundan biroz oldin u miyasidagi qon ivişini olib taşlaş uçun operatsiya qilingan edi. Şuningdek, u spirtli içimliklar va giyohvandlikdan davolangani ma’lum.
Argentina prokuraturasi futbolçining ölimidan köp ötmay şifokorlar va hamşiralar ustidan tergov boşladi. 2021 yilda Maradona ölimi holatlarini örgangan 20 nafar ekspertdan iborat komissiya tibbiy guruhning harakatlarini «nomaqbul, noadekvat va mas’uliyatsiz» deb topdi. Mutaxassislar xulosasiga köra, agar afsonaviy futbolçi tegişli tibbiy muassasasida töğri davolanganida «omon qoliş imkoniyati yuqoriroq bölardi».
Ayblanuvçilar orasida Maradonaning şaxsiy şifokori Leopoldo Luke, psixiatr va hamşiralar bor. Ularning barçasi futbolçining ölimida öz aybini inkor etmoqda.
Ayblanuvçilar öz qilmişi ölimga olib kelişini bilgan holda qotillikda aybdor deb topilsa, 8 yildan 25 yilgaça ozodlikdan mahrum etilişi mumkin.
Diyego Maradona futbol tarixidagi eng buyuk futbolçilardan biri sanaladi. FIFA rasmiy saytida ötkazilgan ovoz beriş natijalariga köra, u XX asrning eng yaxşi futbolçisi deb topilgan.
Maradonaning ölimi Argentinani Covid-19 pandemiyasi davrida motamga olib keldi. Uning tobuti prezident saroyiga qöyildi, u bilan vidolaşiş uçun ön minglab odamlar navbatga turdi.
Maradona Buenos-Ayresdagi uyida, töşakda ölik holda topildi. Bu operatsiyadan ikki hafta ötgaç sodir böldi. Sobiq futbolçining yurak xurujidan vafot etgani aniqlandi.
Prokurorlar fikriga köra, bir guruh şifokorlar Maradonani uy şaroitida davolanişga ötişini talab qilgan. Vaholanki, uyda davolaniş uçun zarur şaroit bölmagan, masalan, defibrilyator yöq edi, alkogolizm va giyohvandlikni davolaşga ixtisoslaşgan şifokorlar nazorati ham bölmagan. Ayblov tomonining ta’kidlaşiça, Maradona to ölimigaça «uzoq, oğriqli davr davomida» taqdir taqozosiga taşlab qöyilgan.












