Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasining navbatdagi majlisida “Formali kiyim-boşlarni tasdiqlaş, tayyorlaş va kiyib yuriş mexanizmi tartibga solinişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qöşimça va özgartişlar kiritiş töğrisida”gi qonun loyihasi birinçi öqişda körib çiqildi. 

Uşbu qonun loyihasiga muvofiq, maxsus formali kiyim-boş kiyib yurişi belgilangan vazirlik, idora va taşkilotlarning harbiylari va xodimlarining tasdiqlangan namunadagi harbiy, idoraviy hamda maxsus kiyim-boşini bunday huquqqa ega bölmagan şaxslar kiyib yurganligi uçun ma'muriy javobgarlik belgilaş nazarda tutilmoqda. 

Majlisda ta'kidlandiki, bunday qilmiş uçun ma'muriy javobgarlik belgilab qöyilişi mazkur sohadagi huquqiy munosabatlarning yanada tartibga solinişini ta'minlaydi, şuningdek vazirliklar, idoralar va taşkilotlar xodimlarining formali kiyim-boşini qonunga xilof ravişda kiyib yuriş hollariga çek qöyiş imkonini beradi.