Oliy Majlis Qonunçilik palatasining navbatdagi majlisida yer uçastkalariga bölgan huquqlarni tizimlaştirişga qaratilgan qonun loyihasi qabul qilindi va Senatga yuborildi.

Mazkur hujjat bilan qişloq xöjaligiga möljallangan yerlarni ijaraga beriş muddatini amaldagi öttiz yildan qirq töqqiz yilga uzaytiriş taklif etilmoqda.

Qişloq xöjaligiga möljallanmagan yer uçastkalarini ijaraga berişning eng köp muddati esa qirq töqqiz yil etib belgilanmoqda.

Çet el fuqarolari va yuridik şaxslari, fuqaroligi bölmagan şaxslar hamda çet el investitsiyalari iştirokidagi korxonalarga qişloq xöjaligi yerlaridan ikkilamçi ijara huquqi asosida foydalaniş tartibi belgilanmoqda.

Şuningdek, noqişloq yerlar ijarasiga oid qoidalar soddalaştirilib, yerlarni auksion orqali ijaraga olişga va uşbu yerni qayta ijaraga berişga ruxsat berilmoqda. Bundan taşqari, yakka tartibdagi uy-joylar joylaşgan yer uçastkasi ijara huquqi asosida berilişi mustahkamlab qöyilmoqda.