Oliy Majlis Qonunçilik palatasining Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantiriş va sanoat masalalari qömitasi tomonidan “Köp kvartirali uylar va boşqa köçmas mulk obektlarini uluş kiritiş asosida quriş töğrisida”gi qonun loyihasi dastlabki tarzda körib çiqildi.
Qayd etilişiça, statistik ma’lumotlarga köra, Özbekistonda keyingi yillarda quriliş hajmi 17,5 baravarga köpaygan. Biroq ayrim hollarda quruvçi (developerlar) tomonidan quriliş-montaj işlarini amalga oşiriş grafigiga rioya qilinmayapti. Uluşli şartnomalar esa fuqarolarning manfaatlarini yetarliça inobatga olmasdan tuzilmoqda. Quriliş obektlari, uy-joylar belgilangan muddatlarda foydalanişga topşirilmayapti.
Quriliş bozorida yetarliça tajribaga ega bölmagan quruvçilar köpayib, muammoli quriliş obektlari ortib bormoqda. Şu bilan birga, uluş kiritiş asosida köp kvartirali uylarni quriş sohasidagi munosabatlar alohida qonun bilan tartibga solinmagan. Bu kabi holatlar natijasida köplab fuqarolar uy-joy sotib oliş jarayonida muammolarga duç kelmoqda.
Qonun loyihasi bilan köp kvartirali uylar va boşqa köçmas mulk obektlarining qurilişiga jismoniy va yuridik şaxslarning pul mablağlarini jalb qilişga oid munosabatlarni qonun darajasida belgilaş nazarda tutilmoqda.
Loyihada belgilangan normalar orqali qurilişga uluş kiritişning amaldagi mexanizmi tubdan takomillaştirilib, uluşdorlarning huquq va qonuniy manfaatlari, ularning mablağlarini kafolatli himoya qiliş nazarda tutilmoqda.
Ayni paytda qonun loyihasi mutaxassislar iştirokida muhokama qilinib, Qonunçilik palatasi majlisi kun tartibiga kiritiş uçun tayyorlanmoqda.












