Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) va Özbekiston Respublikasi soğliqni saqlaş vazirligi 28 iyun kuni «Yuqumli bölmagan kasalliklar (YuBK)ni profilaktika va nazorat qiliş» texnik hamkorlik loyihasi böyiça fikrlaşuv bayonnomasini imzolaşdi, deya xabar bermoqda UzDaily.

Uşbu hujjatning imzolanişi JICA’ning 2017–2021 yillarda Özbekistonda yangi loyihani işga tuşirişini anglatadi. Muloqotlar yakuniga köra, ikki tomon Jamoatçilik salomatligi va soğliqni saqlaşni taşkil etiş ilmiy-tadqiqot instituti JICA bilan hamkorlikda amalga oşiriladigan loyihani taşkillaştiriş uçun mas'ul etib belgilanganiga kelişişdi.

Qayd etiş joizki, loyihani amalga oşiriş 2017–2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beş ustuvor yönalişlari böyiça Harakatlar strategiyasiga, xususan, fuqarolar soğliğini himoya qiliş tizimini takomillaştiriş va aholining soğlom turmuş tarzini şakllantirişni qamrab olgan 4 ustuvor yönalişga töliq mos keladi.

Kutilişiça, «Yuqumli bölmagan kasalliklarni profilaktika va nazorat qiliş» texnik hamkorlik loyihasi Soğliqni saqlaş vazirligining loyihaning maqsadli hududlarda, xususan, respublikamizning Toşkent va Navoiy viloyatlarida yuqumsiz (köproq, yurak-qon tomir va diabet) kasalliklar xavfi omillari körsatkiçlarini pasaytiriş borasidagi sa'y-harakatlariga kömak beradi. 

Şu bilan bir qatorda, loyihaning maqsadli hududlarida yuqumli bölmagan kasalliklarning ba'zi körinişlariga qarşi kuraşişda pirovard natijada surunkali YuBK yukini baholaş va dastlabki zveno tibbiyot muassasalari darajasida soğliqni saqlaş tizimi e'tiborini qaratiş uçun ma'lumotlarni samarali töplaş, tahlil qiliş, qayta işlaş va taqsimlaş işlarini amalga oşiriş vositasida loyiha kelgusida Soğliqni saqlaş vazirligi va Jamoatçilik salomatligi va soğliqni saqlaşni taşkil etiş ilmiy-tadqiqot instituti filiallari salohiyatini oşirişga öz hissasini qöşadi. 

Şuningdek, loyiha doirasida aholining soğlom turmuş tarzini şakllantiriş va tibbiy körikdan ötkaziş böyiça mavjud uslubiy materiallarni tanqidiy jihatdan közdan keçiriş böyiça işlar hamda joylardagi mutaxassislar va tibbiyot xodimlarini Yaponiyada va Özbekistonda malakasini oşiriş çoralari amalga oşiriladi. Bunday kurslarni taşkillaştiriş joylardagi tibbiy xizmatlar körsatiş tizimini takomillaştiriş va kundalik hayotda öz salomatligi haqida yaxşiroq qayğuriş borasida surunkali yuqumli bölmagan kasalliklarga çalingan insonlarga yordam beriş uçun YuBKni profilaktika qilişga yönaltirilgan böladi. 

Butunjahon soğliqni saqlaş taşkilotiga köra, YuBK sayyora aholisining salomatligi va umumbaşariy rivojlanişga jiddiy xavf solib kelmoqda. Kasalliklarni bu toifasiga quyidagilar kiradi: yurak-qontomir kasalliklari, onkologik kasalliklar, diabet, ortiqça vazn töplaş, nafas yöllarining surunkali kasalliklari, tayanç-harakatlaniş tizimi kasalliklari va ruhiy kasalliklar. Statistikaga köra, YuBKning bu körinişlari jahon miqyosida insonlar ölimining eng keng tarqalgan sabablari hisoblanadi.