«Özbekiston havo yöllari» Toşkent-Nukus reysi uçun çipta olinişidagi muammolar bilan boğliq voqea yuzasidan raddiya berdi.
27 iyun kuni Facebook foydalanuvçisi Ilhom Saymanov Toşkent—Nukus reysi orqali uçadigan samolyotga çipta sotuvçilarini tanqid qilgandi.
U Nukusga özi bilan uçgan kişilar bilan suhbati xulosasi sifatida post yozgandi.
«Bugun ertalab tezda Nukusga qaytişim kerak bölib, Markaziy aviakassaga murojaat qilganimda, menga çipta umuman yöq, degan xabarni aytişdi. Men taniş-biliş orqali, döstlarimning orqasidan bron orqali çipta oldim, röyxatdan ötib samolyotga ötirsam, 52 kişilik IL-114 samolyotida, 23 odam uçib keldik. Hayron bölib tursam, samolyotdagi odamlar norozi, sababi qaysidiri falon söm, qaysidiri tölon söm ustama pul berib, çipta olişga majbur bölgan.
Men bu voqeaga nima demoqçiman? Xaloyiq, hurmatli prezidentimizning poraxörlikning oldini oliş böyiça çiqargan bir neçta farmon va qarorlarga böysunmayotganliklari qançalik açinarli?», deya yozgandi u.

28 iyun kuni «Özbekiston havo yöllari» boş direktori Valeriy Tyan hamda aviakompaniyaning boşqa mas'ul xodimlari OAV vakillari bilan uşbu masala yuzasidan uçraşuv ötkazdi.
Kompaniya vakillari Saymanovning tanqidi mutlaqo örinsiz ekanini ma'lum qilişdi.
«Samolyotda 52ta örindiq bor, lekin parvoz yaxşi amalga oşişi hamda qöniş muvaffaqiyatli keçişi uçun me'yorda körsatilgan vazn körsatkiçlari bor. Bunda havo harorati ham rol öynaydi. Har bir odamning oğirligi örtaça 100 kilogramm hisoblansa, bu 5,2 tonna demakdir. Ilhom Saymanov uçgan samolyotda esa öşa kuni 4 tonnagaça oğirlik kötariş çegarasi belgilangan edi. Bu 40ta örindiqqa yölovçi olinişi kerak deganidir. Şundan 16ta örindiq turli şoşilinç vaziyatlar uçun bron qilinadi. Ular parvozga ikki soat qolgunga qadar band qilinadi. 40ta çiptadan 30tasi sotilgan. Samolyot bortida esa 24 nafar yölovçi bölgan, çipta olganlarning 6 nafari parvozni amalga oşiriş uçun kelmagan. Bundan bexabar Saymanov esa Facebook’dagi sahifasida hissiyotlarga berilib post qoldirgan. Çiptalarni sotib olişda heç qanday tamagirlik yöq», - deya izoh bergan MAK vakillari.
Uçraşuvda Ilham Saymanov bir kun oldin yozganlarini qaytarib olgani ma'lum qilindi va uning özi tomonidan yozib berilgan ikkinçi bayon keltirildi.
«Men Saymanov Ilhom Sagidullayeviç 26 iyun kuni Toşkent-Nukus yönalişi böyiça uçdim. Men şu kuni çipta topa olmaganimdan keyin Toşkent şahridagi Qoraqalpoğiston Respublikasi doimiy vakolatxonasiga murojaat etdim, ya'ni, Qulnazar Kaymuratov Ernazaroviçdan çipta bron qilib berişini söradim. Şu bron orqali çiptani oldim. Aviakassa xodimi çiptamni berdi, mendan ustama pul talab qilişmadi, çiptani öz narxiga oldim. Keyin registratsiyadan ötib, samolyotga çiqdim. Qarasak, örindiqlarning yarmi böş ekan, bundan jahlim çiqdi: nega çipta yöq deyişadiyu, salonda odam yöq? Uçiş vaqtida odamlar bu sun'iy qilinişi, şu orqali pul işlaşlari haqida aytişdi, lekin kimga qança, kimga nima berilgani haqida heç qanaqa gap bölmadi. Şu bilan bu gap tinçidi, uçib keldik. Şu kuni feysbukdagi sahifamda bölib ötgan voqealarni yozdim. Men bu yerda öz şaxsiy fikrimni yozgandim, lekin bunday şov-şuv bölib ketadi, deb öylamagandim. Bilişimça, buni Kruz.uz sayti sahifamdan mendan söramasdan olgan, keyin xabar boşqa saytlarga tarqalgan. Hamma sayt özi istagança yoritdi. Lekin menda «Özbekiston havo yöllari» xodimlari pora olayotgani haqida dalil yöq, ularga e'tirozim ham yöq», — deyilgan uning körsatmasida.












