AQŞ elçixonasi JÇ-2026 çiptasi egalari uçun viza suhbatiga yoziliş tartibini e’lon qildi. Eng avvalo, talabgorda fifa.com/tickets saytidan sotib olingan JÇ-2026 çiptasi bölişi şart.

1-qadam

• FIFA PASS dasturida iştirok etişga rozilik şaklini yuboriş uçun fifa.com akkauntiga kiriş lozim;

• Ism va pasport raqamini xuddi pasportda yozilganidek kiritiş şart.

2-qadam

• Viza uçun ariza topşiriş jarayonini state.gov/fifa-world-cup-26 saytida boşlaş lozim;

• Fuqarolik davlati yoki ariza topşiriladigan doimiy yaşaş mamlakatini tanlaş kerak;

• DS-160 viza arizasi uçun onlayn formani töldiriş lozim;

• Viza arizasi şakliga (DS-160) ism va pasport raqamini xuddi pasportda yozilganidek kiritiş kerak;

• Bu ma’lumotlar fifa.com saytida kiritilgan pasport ma’lumotlari bilan bir xil bölişi şart.

3-qadam

• Viza suhbati sanasini belgilaş lozim;

• Yangi suratni yuklaş va viza tölovini amalga oşiriş kerak;

• «Siz FIFA çiptasi egasimisiz?» savoliga «Ha» deb javob beriş lozim;

• Agar viza tizimidagi ma’lumotlar rozilik formasidagi ma’lumotlarga mos kelsa, FIFA PASS imtiyozli röyxatga oliş tizimi orqali viza suhbatiga kiriş mumkin böladi.

Keyingi qadamda suhbatga boriş va barça savollarga rost javob beriş talab etiladi.

Elçixonaning eslatişiça, çipta viza olişni kafolatlamaydi va barça arizaçilar xavfsizlik tekşiruvidan ötadi.