Toşkent şahridagi X.Kalonov nomidagi Yunusobod kompyuter texnologiyalari professional kolleji talabalarining ota-onalari öquv muassasasi rahbariyatini öquvçilarga qöl kötarişda ayblamoqda, deb xabar berdi Nuz.uz.

"Direktor va uning ikki örinbosari talabalarni haqorat qilmoqda, ularni öqişga aloqasi bölmagan işlarni bajarişga majburlaşmoqda va hattoki qöl kötarişmoqda", - deya xabar beradi naşr.

Ota-onalarning ta'kidlaşiça, ularning farzandlari kollejdan ba'zi joylari kökargan holda qaytib keladi. Öquvçilar tarsaki tuşiriş va gardanga urişlaridan şikoyat qilişgan.

Ayni damda ota-onalar barça jabrlanganlar imzosini yiğmoqda va IIBBga ariza tayyorlaşmoqda.

Avvalroq P.F.Borovskiy nomidagi Toşkent tibbiyot kollejining 1999 yilda tuğilgan, 17 yoşli talabasi Jasur Ibragimov öz kursdoşlari tomonidan kaltaklanib, olamdan ötdi.