Toşkent şahridagi P.F.Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji direktori Lutfi Yusupova öz arizasiga binoan işdan olindi. Bu haqda Qalampir.uz xabar tarqatdi.
Lutfi Yusupova ta'lim dargohida 33 yildan beri faoliyat yuritib kelgan bölib, oxirgi 10 yildan buyon kollejga rahbarlik qilib kelayotgandi. Keça, 5 iyun Lutfi Yusupovadan işdan böşaş haqidagi arizasi olingan.
Eslatib ötamiz, bir oyça muqaddam P.F.Borovskiy nomidagi Toşkent tibbiyot kollejining 1999 yilda tuğilgan, 17 yoşli talabasi Jasur Ibragimov öz kursdoşlari tomonidan kaltaklangan. U öziga yetkazilgan jarohatlar va ötkazilgan murakkab operatsiyalarga doş bermasdan 1 iyun kuni olamdan ötdi.
Avvalroq, Jasur Ibrohimovning ölimi böyiça jinoyat işi yuzasidan olib borilayotgan tergov harakatlari Özbekiston Respublikasi Boş prokurori Ixtiyor Abdullayev tomonidan şaxsan nazoratga olingani haqida xabar bergandik.












