Qirğiziston poytaxti Bişkek şahrida zamonaviy beşkuraş böyiça Markaziy Osiyo kubogi musobaqasi boşlandi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar bermoqda.
E'tiborlisi, mezbonlardan taşqari Rossiya, Kozoğiston davlatlaridan jami 50dan ziyod kuçli sporçi iştirok etayotgan mazkur çempionatda Özbekiston delegatsiyasi ham qatnaşmoqda. Xalqaro musobaqada yurtimiz şarafini beşkuraşçi Ruslan Mamatqulov ilk bor himoya qilişga urinib köradi.
Zamonaviy beşkuraş böyiça ötkazilgan Özbekiston oçiq çempionatida ğolib bölgan Ruslan Mamatqulov musobaqa taqvimiga köra, 29 iyun kuni suziş va qiliçbozlik böyiça öz mahoratini sinovdan ötkazsa, 30 iyun kuni konkur-ot bilan tösiqlardan sakraş böyiça bahslarga kirişadi. Şu kunning özida sportçilar kombayn-yuguriş va öq otiş böyiça oçkolar jamğarişga kirişadi. Bişkek şahrida ötkazilayotgan uşbu oçiq çempionatda ğolib bölgan beşkuraşçilar yakunda Markaziy Osiyo kubogi sohibiga aylanadi.
Özbekiston zamonaviy beşkuraş federatsiyasidan ma'lum qilişlariça, uşbu turnirdan közlangan asosiy maqsad yurtimizda uşbu sport turini yanada ommalaştiriş, iqtidorli yoşlarni kaşf etiş va ularning xalqaro musobaqalardagi iştirokini ta'minlaş, şuningdek, federatsiyalararo döstlik aloqalarini mustahkamlaşdan iborat.
Eslatib ötamiz, yurtimizda joriy yilning 10 fevral kuni Özbekiston zamonaviy beşkuraş federatsiyasi taşkil etilgan edi va bu ularning xalqaro arenadagi ilk iştiroki sanaladi.











