Donbassda konlarning suv tagida qolgani va suv darajasi köpayişi tufayli nurlaniş miqdori ham oşadi, şuning uçun kişilarni bu mintaqadan asta-sekin köçiriş lozim. Bu haqda Kiyev nazorati ostida bölmagan hududlar işi böyiça vazir örinbosari Georgiy Tuka ma'lum qildi.

«Gap Donbassni qutqarib qoliş haqida umuman borayotgani yöq. Buni ortga qaytarib bölmaydi. Gap bu mintaqani kişilardan asta-sekin ozod etiş haqida bormoqda, sababi u yerda insonlar 10 yil davomida yaşay olmaydi», - deya Tukaning sözlarini keltiradi «112 Ukraina».

Uning sözlariga qaraganda, Lugansk viloyatining Kiyev nazorati ostida bölmagan qismlarida içimlik suvi zaxirasining 88 foizi foydalanişga yaroqsiz ahvolga kelgan.

Şuningdek Tukaning ta'kidlaşiça, Donbassdagi ekologik muammo Rossiyaga ham aloqador böladi.