Donetsk oblastining okkupatsiya ostidagi qismiga Moskva tomonidan tayinlangan hukumat ukrain harbiylari Yenakiyevo şahrida Simferopol tomon ketayotgan yölovçi avtobusga dron orqali zarba berganini ma’lum qildi. Hujum oqibatida sakkiz kişi halok bölgan. Ukraina qurolli kuçlari boş ştabi «tajovuzkor davlat tomonidan berilgan bayonotlar yuzasidan izoh bermasligi»ni bildirgan.

Çorşanba kuni tongida özini özi e’lon qilgan Donetsk xalq respublikasi rahbari Denis Puşilin «Moskva – Simferopol» yönalişidagi avtobusga berilgan zarba oqibatida yetti kişi halok bölib, 11 kişi jarohat olgani haqida xabar berdi.

Keyinroq u aniqlik kiritib, qurbonlar soni sakkiz nafarga yetganini, şuningdek, avtobus dastlabki xabarda aytilganidek Moskvadan emas, balki şahar taşqarisidagi Podolskdan kelayotgan bölganini ma’lum qildi.

Yana nimalar ma’lum?

Yenakiyevo şahri front çiziğidan taxminan 40 km masofada joylaşgan.

Anneksiya qilingan Qrim rasmiylarining aytişiça, avtobus mahalliy taşuvçiga tegişli bölgan. «Bolşoy mir» kompaniyasi boş direktori Elmaz Ablyakimov «Vot tak» naşriga aytişiça, Rossiya markazidan Qrimga reyslar uçun ikkita yönaliş bor: Donetsk oblastining şimoliy qismidan yoki janubroqdagi Mariupol hududidan ötuvçi «Novorossiya» trassasi orqali.

RBK naşri yozişiça, reys uçun jami 53 kişi röyxatga olingan, ammo zarba vaqtida ulardan qançasi avtobusda bölgani ma’lum emas, mahalliy rasmiylar yönaliş davomida qaysi yölovçilar qaysi bekatlarda avtobusdan tuşib qolgani yoki kimlar avtobusga qayerda çiqqani böyiça suriştiruv işlarini olib bormoqda.

DXR soğliqni saqlaş vazirligi tasdiqlaşiça, jabrlanganlarning barçasi tinç aholi vakillari bölib, ular orasida harbiy xizmatçilar bölmagan.

Jarohatlanganlar Horlivkadagi şifoxonaga olib borilgan. Halok bölgan yölovçilarning şaxslari oçiqlanmagan.

Ukraina tomoni nima dedi?

Ukraina qurolli kuçlari boş ştabi har kungi hisobotida Yenakiyevo hududidagi obektlarga hujumlar haqida xabar bermagan.

Boş ştabning BBC söroviga javobida «Ukraina qurolli kuçlari tajovuzkor davlat tomonidan berilgan bayonotlarni izohlamasligi» bildirilgan va ijtimoiy tarmoqlarda berib boriladigan hisobotlarni kuzatiş tavsiya qilingan.