RF prezidenti Vladimir Putin uruşni 2026 yil oxiriga qadar yakunlamoqçi, ammo faqat özi ğalabali deb hisoblaydigan şartlar asosida, deb yozmoqda Bloomberg manbalarga tayanib.

Bu şartlar Donbass ustidan töliq nazoratni, şuningdek, Rossiyaning hududiy yutuqlarini amalda tan oladigan Yevropa bilan keng qamrovli xavfsizlik şartnomasini öz içiga oladi.

Bloomberg manbalari yana quyidagilarni aytişgan: Kremldagi ayrim yuqori martabali mulozimlar mojaro boşi berk köçaga kirib qolgan va uni hal qilişning aniq yöli yöq, deb hisoblamoqda. Rossiya elitasining köplab vakillari Ukrainaning front çiziğidan uzoqda joylaşgan şaharlarga zarbalari tufayli rossiyaliklar orasida kuçaygan «asabiy kayfiyat» va uruşdan çarçaşni baham körişadi.

RF prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov esa Bloomberg uçun bergan izohida Putin uruşni yakunlaş uçun heç qanday muddat belgilamaganini aytgan.

Sönggi haftalarda Ukraina dronlari Rossiyaning çegaradan yuzlab kilometr masofada bölgan nişonlari böylab tez-tez zarba bermoqda. Asosiy nişonlar – neftni qayta işlaş zavodlari; bunday nişonlarga hujumlar oqibatida kuçli yonğinlar çiqmoqda. Reuters may oyi örtalarida hujumlar Rossiyaning markaziy qismidagi deyarli barça neftni qayta işlaş zavodlari (mamlakatda işlab çiqariladigan jami neft mahsulotlarining törtdan bir qismi şu korxonalarga töğri keladi) faoliyatiga jiddiy zarar yetkazganini yozib çiqqandi. Dronlar muntazam ravişda turar joylar va boşqa fuqarolik obektlariga ham kelib urilmoqda, bu esa tinç aholi orasida qurbonlarga sabab bölmoqda.

Bu fonda Vladimir Putinning reytingi pasayib bormoqda. Rossiyaning yetakçi sotsiologik markazlaridan biri bölgan «Obşestvennoye mneniye» fondi (FOM)ning yangi sörovnomasi körsatişiça, respondentlarning 14 foizi Putinning faoliyatini «yomonroq» deb baholaşini bildirgan – bu sönggi bir yillikdagi maksimal körsatkiçdir. Taqqoslaş uçun, 2025 yil mayida bunday deb hisoblovçilar uluşi 6-7 foizdan oşmagan.

Ukraina TIV rahbari Andrey Sibiga 21 may kuni Ukraina-NATO Kengaşining norasmiy yiğilişida uruşda buriliş nuqtasi yuz bergani va Moskvaga bosim kuçayib borayotgani haqida fikr bildirdi. «Ukraina mudofaani uşlab turibdi va Rossiyaning son jihatdan ustunligi endi hal qiluvçi omil emas», – dedi u.