Malayziya hukumati fevral örtalarida Kuala-Lumpur aeroportida Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen Inning akasi Kim Çen Nam öldirilgandan keyin şimoliy koreyalik işçilarga işlaşga ruxsat berişni töxtatişga qaror qildi. Bu haqda Malayziya hukumatidagi manbalarga iqtibos keltirgan holda Kyodo axborot agentligi xabar bermoqda.
Öşa vaqtda Malayziyada mingga yaqin şimoliy koreyalik işlagan, ular asosan kömir şaxtalarida va quriliş maydonçalarida mehnat qilişgan. Malayziya may oyida Kuala-Lumpurdagi Şimoliy Koreya restorani işçilariga işlaşga ruxsatni uzaytirib bermagandan keyin ular mamlakatni tark etgandilar.
Xorijga işçilarni yuboriş Şimoliy Koreya uçun xorijiy valyuta tuşumining asosiy manbalaridan biri hisoblanadi. Janubiy Koreya hukumatida ta'kidlanişiça, Xitoyning özida 90 ming şimoliy koreyalik işçi işlaydi, ular Şimoliy Koreya byudjyeti uçun har yili yuzlab million dollar foyda keltiradi. Taxmin qilinişiça, bu mablağlarning bir qismi Şimoliy Koreyaning raketa-yadroviy dasturi uçun işlatilişi mumkin.
Kim Çen Nam ölimigaça Malayziya va Şimoliy Koreya yaxşi munosabatlarni saqlab kelayotgandilar, biroq voqeadan keyin ular örtasidagi munosabatlar keskin yomonlaşgan. Pxenyan va Kuala-Lumpur öz elçilarini çaqirtirib olişgan hamda Malayziya fuqarolarining Şimoliy Koreyaga va Şimoliy Koreya fuqarolarining Malayziyaga kirişini taqiqlab qöyişgan.












