Toşkent aeroportining «Toşkent-4» terminalini quriş böyiça işlar vaqtinçalik töxtatildi. Bu haqda Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning 30 iyun kuni imzolangan «Toşkent-Şarqiy» aerodromi bazasida fuqarolik (işçi) aviatsiyasi zamonaviy aeroport majmuasini quriş» töğrisidagi qarorida ma'lum qilingan.
Hujjatda qayd etilişiça, terminal qurilişi aholi turar joylari va boşqa binolar buzilişini, Qorasuv kanali yoqasidagi hududdan aholini köçirişni talab etadi, bu esa tuman aholisi tomonidan noroziliklarga sabab bölgan.
Buning örniga Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportda rekonstruksiya işlari olib boriladi. Bu işlar aeroportning qabul qiliş qobiliyatini oşiriş va xalqaro reyslar yölovçilariga yuqori sifatli xizmatlar körsatişga qaratiladi.
Bundan taşqari, şu qaror asosida «Toşkent-Şarqiy» aerodromi (Tuzelda) fuqarolik aviatsiyasi uçun moslaştiriladi, uning bazasida oliy darajadagi mehmonlarni kutib oliş uçun aviatsiya majmuasi barpo etiladi.
Yangi quriladigan aviatsiya majmuasida, jumladan, oliy darajadagi xorijiy delegatsiyalarni kutib oliş va kuzatişni taşkil etiş uçun zarur şart-şaroit yaratiladi.
Qarorda ta'kidlanişiça, yangi majmua qurilişi xorijiy moliya institutlarining qarzlari, şuningdek, «Özbekiston havo yöllari» milliy aviakompaniyasining öz mablağlari hisobidan amalga oşiriladi.
Özbekiston davlat rahbari «Özbekiston havo yöllari»ga loyihaning texnik-iqtisodiy asosini uç oy muddatda «ÖzşaharsozlikLITI» bilan hamkorlikda işlab çiqiş va vakolatli organlari bilan kelişiş hamda uni tasdiqlaş uçun Vazirlar Mahkamasiga kiritiş haqida körsatma bergan.
Şavkat Mirziyoyev 2018 yil 1 fevraliga qadar quriliş-montaj işlarini loyiha-smeta hujjatlari tayyorlaş bilan birga olib borişga ruxsat berdi. Şuningdek, mazkur loyiha iştirokçilariga soliq va bojxona imtiyozlari taqdim etildi.
«Toşkent-Şarqiy» aerodromidagi harbiy-transport aviatsiyasi boşqa joyga köçiriladi. Aerodromda quriliş-montaj işlari 2018 yil fevralida ötkaziladi.
«Toşkent-4» terminali 2019 yilda qurib bitkazilişi kutilayotgan, uning me'moriy loyihasi Janubiy Koreyaning Heerim kompaniyasi tomonidan işlab çiqilgandi. Loyiha qiymati 430 million dollarga baholangandi. «Toşkent-4» maydoni 87 ming kvadrat metr bölişi, soatiga 1,5 ming yoki yiliga 5,7 million yölovçiga xizmat körsatişi möljallangandi.








