Davralar oraliğida «Navbahor» jamoasi bilan yana ikki nafar futbolçi xayrlaşdi. 

Klub matbuot xizmati xabariga köra, mavsum arafasida namanganliklar jamoasi bilan şartnoma tuzgan Abduaziz Sultonov va Rözimboy Ahmedov ikkinçi davrani boşqa jamoalarda ötkazişadi. 

Sultonov birinçi davrada zaxirada qolib ketgan bölsa, Ahmedov jarohat tufayli jamoaga deyarli yordam bera olmadi. 

Bundan avvalroq uşbu klubdan 7 futbolçi: Akmal Ortiqov, Nodir Aşurmatov, Alişer Samatov, Tohir Şamsitdinov, Hasanboy Ergaşev, Mansur Saidov va Timur Tolipov ketgandi.

Ularning ayrimlari çempionatning dastlabki qismida öziga bildirilgan işonçni oqlaşmagan, ba'zilari jamoadan ketişni özlari istaşgan.

«Navbahor» davralar oraliğida klubdan ketgan barça futbolçilarning keyingi faoliyatida omad tiladi.

Jamoa boş murabbiyi Ilhom Möminjonov hozirda tarkibni kuçaytiriş uçun muzokaralar ötkazmoqda.