Namangan klubi 273 kun ötib yana öz maydonida öynadi. PFL maydon holati musobaqa talablariga javob bermaydi deb hisoblagani sabab «Navbahor» uy öyinlarini Toşkentda ötkazayotgandi. «Xorazm»ga qarşi öyinni köriş uçun Namangandagi stadionga 15 mingga yaqin muxlis tuşdi.

Temur Kapadze jamoasi uçraşuvda yirik 5:1 hisobida ğalaba qozondi. Jarohati sabab mavsum startini ötkazib yuborgan hujumçi Husayn Norçayev öyinda törtta gol urib, «poker» qayd etdi. Ruslanbek Jiyanov namanganliklarning yana bir goliga mualliflik qildi. «Xorazm»ning yagona golini Rustam Abduhamidov urdi.

Bu ğalabadan keyin «Navbahor» birinçi davrani 25 oçko bilan yakunladi. Kapadze jamoasi hozirça 5-örinda. Töplar nisbati +9 va bu borada namanganliklar faqat «Paxtakor» va «Neftçi»dan ortda. Sergey Tokov murabbiyligidagi «Xorazm» 16 oçko bilan hozirça 12-örinda qoldi.

Özbekiston çempionatlarida bir öyinda törtta gol uriş noodatiy voqea hisoblanadi. Oxirgi marta «Paxtakor»da öynayotgan vaqtida Dragan Çeran buni uddalagandi. 2022 yil serbiyalik hujumçi «Qizilqum» darvozasiga «poker» yöllagan. Namangan jamoasi safida esa oxirgi marta ukrainalik hujumçi Ruslan Kaçur 12 yil avval «Buxoro» darvozasiga törtta gol urgandi.

Kunning yana bir öyinida Jizzaxning «Söğdiyona» jamoasi mehmonda «Maş’al»ni 3:1 hisobida mağlub etdi. Muborakdagi stadion ham talabga javob bermasligi sabab «Maş’al» raqiblarini Ğuzorda qabul qilmoqda. Jizzaxliklar safida Lyupço Doriyev uçta gol urib, töpurarlar poygasidagi yetakçilikni «Dinamo» sardori Anvar Hojimirzayevdan qaytarib oldi. Makedoniyalik hujumçi hisobidagi endilikda 11 ta gol bor.

Birinçi davra öyindari ertaga yakunlanadi. «Qöqon-1912» öz maydonida «Surxon»ni, OKMK «Nasaf»ni, «Dinamo» Samarqandda peşqadam «Neftçi»ni qabul qiladi.