3 iyul kuni Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasi «Özbekistonda yoşlar siyosati: dolzarb masalalarga zamonaviy yondaşuv» mavzusiga bağişlandi. Tadbir davomida 30 iyun kuni «Kamolot» yoşlar ijtimoiy harakatining navbatdagi Qurultoyi vaqtida Xalq ta'limi vazirining yoşlar masalalari böyiça örinbosari etib tayinlagan Alişer Sa'dullayev ham sözga çiqdi.
Yaqin kunlarda 23 yoşni qarşilaydigan Alişerning rahbar örinbosari lavozimiga tayinlangani ijtimoiy tarmoqlar orqali katta şov-şuvga sabab böldi. Foydalanuvçilarning bir qismi mazkur yangilik barça özbek yoşlariga ibrat bölişi va davlat idoralari boşqaruviga yoşlarni jalb etiş vaqti kelganini qayd etişdi. Yana bir toifa kişilar esa bunday mas'uliyatli vazifani katta tajribaga ega insonlarga topşiriş kerakligini ta'kidlaşdi.
Xalqaro press-klubning jonli muloqoti davomida Alişer öz rejalari va yangi vazir örinbosari sifatida oldiga qöygan vazifalari bilan örtoqlaşdi.
«Yoş rahbar sifatida öz oldimga yangi rejalarni qöydim. Faoliyatim davomida yoşlarning jamiyatimiz hayotida faol bölişi uçun öz hissamni qöşişga harakat qilaman. Fikrimça, biz yoşlar qayerga işga kiraman, kim bilan işlayman, qança pul topaman, deb emas, balki qança iş örini yarata olaman, deb öylaşimiz kerak. Bizning xorijdagi tengdoşlarimiz yangi loyihalarni jahonga namoyiş qilmoqda. Yurtimizda ham har bir yoş birlaşişi zarur. Bizda kuç-ğayrat, şijoat bor, 24 soat işlaş kerak bölsa, 25 soat ham işlaymiz. Lekin tajriba ham zarur. Rivojlangan mamlakatlardan örnak olib, global fikrlab, keyin esa mahalliylaştirişimiz lozim», - deya Alişer Sa'dullayevning sözlarini keltirgan «Kun.uz» muxbiri.
Xalq ta'limi vazirining örinbosari yoşlarning tarbiyasida boğça yoşi ham katta rol öynaşini alohida qayd etdi. Uning ma'lum qilişiça, Xalq ta'limi vazirligi tasarrufida 5 millionga yaqin bolalar bölsa, şulardan 1 million nafari maktab öquvçilari, 4 millionini esa boğça bolalari taşkil etadi. «Şunday ekan, boğça mudiralari hamda ota-onalar örtasida mustahkam köprikni şakllantiriş kerak böladi», degan u.
«Yangi iş faoliyatimning dastlabki 100 kunida qiladigan asosiy vazifalarim - boğçadagi şart-şaroit, holatlarni örganiş, ularga yangiça tizimlarni olib kiriş. Dam oliş kunida Toşkent şahridagi ikkita maktabga taşrif buyurdim. Ulardan birining körsatkiçlari past bölsa, ikkinçisi namunali maktab edi. Nega aynan ikki xil körsatkiçga ega ta'lim dargohi örganildi, degan savol tuğilişi tabiiy. Sababi, ikki maktab soliştirilganda, asl muammolar negizi nimada ekanligi, yaxşi ta'lim muassasi darajasiga kötariliş uçun nimalar qiliş lozimligi yaqqol namoyon böladi. Şu narsaga amin böldimki, çindan ham har viloyatlarga borib, yoşlar bilan suhbatlaşib, ularni ruhlantirişimiz kerak» , - dedi vazirning 22 yoşli örinbosari.












