3 iyul kuni Xalqaro Press-klubda bölib ötgan navbatdagi yiğilişda özbek tilida sözlaşadigan robot ixtiroçisi, 25 yoşli Olim Töyçiyev ham iştirok etdi. Ta'kidlaş joizki, yoş olim kuni keça Prezident Şavkat Mirziyoyevning tavsiyasi bilan Özbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi boş direktorining örinbosari etib tayinlangan edi.
"Fan va texnologiyalar haqida gapiradigan bölsak, bir fikrni keltirib ötişni özimga joiz deb bilaman: fan va ilmiy texnologiya rivojlangan joyda davlat rivojlanadi, degan bir fikr bor. Men bunga töliq qöşilaman hamda oddiy misol qilib butun dunyoda innovatsion jihatdan rivojlanayotgan davlatlarda ösiş sur'atlari jadallaşib borayotganini keltiraman.
Aytiş mumkinki, bizning Özbekistonimizda ham barça imkoniyatlar (resurslar, motivatsiyalar) bor, biroq yoşlarimizni öqişni tugatganlaridan söng "Eplay olarmikanman?", "Qayerga işga joylaşsam ekan", "Qança maoş olarkinman?" degan savollar qiynaydi. Buning örniga esa "Qanday iş yaratsam ekan?", "Qanday iş qilsam ekan?" degan savollar maktab davridan öylantirişi kerak.
Qanday çora-tadbirlar köriş kerak? Avvalambor fan va texnologiyani yoşlarimiz orasida ommalaştiriş kerak. Maktablarimizda beriladigan matematika, fizika, ximiya fanlaridan boşlab turib, u qayerlarda va nima uçun işlatiladi, qanday sohalarda ularni işlatganda ularni yaxşiroq bilasiz, şularga e'tibor beriş kerak.
Kollejlarga keladigan bölsak, yoş robototexnika körik-tanlovlarining Respublika bosqiçini tört yildan beri ötkazib keplyapmiz. Nega biz yurtimizning eng çekka-çekka kollejlaridan boşladik? Bu birinçi navbatda Qoraqalpoğistondagi Qönğirot şahridagi Neft va gazga yönaltirilgan kollej, ikkinçi - Asakadagi Avtomobilsozlik kollejida, Turin politexnika universiteti qoşidagi akademik litseyda, Samarqandda va boşqa-boşqa kollejlarda. Maqsad - yoşlarning robototexnikaga bölgan qiziqişini örganiş.
Köpçilik robototexnikani "qiyin soha", "unga judayam köp mablağ kerak", "uni örganiş juda qiyin" deb aytadi, men bu fikrga qöşilmagan bölardim, çunki özim misolimda aytadigan bölsam, şu oddiy Toşkent viloyatining Bekobod şahridagi maktabni tamomlab, kollejni bitirib, Toşkent şahridagi Turin politexnika universitetiga kirgan paytimda robototexnikani boşlaganman.
Aytmoqçi bölganim - şaroitlar bor, yoşlar töğri foydalana bilişi kerak, ilm olişi kerak va uni hayotga tadbiq etişi kerak. Umuman aytganda, vaqtdan töğri foydalana biliş muhim. Prezidentimiz aytganlaridek, har bir muammoga ilmiy yondaşuv kerak. Agar çet el tajribasidan kelib çiqadigan bölsak, oddiygina misol: Germaniya davlatida tajriba sifatida şuni kördimki, korxonalarida işlab çiqariş jarayonida biror muammo paydo bölyaptimi, uni darhol yeçimini izlaş emas, nimadan kelib çiqayotgani aniqlab, şu yönalişdagi oliy ta'lim muassasasi yoki ilmiy-tadqiqot markazlariga murojaat qilişadi", - deydi O.Töyçiyev.












