Bugun, 8 avgust kuni Xalqaro press-klubning navbatdagi sonida “Mahkam ota” masjidi imom-xatibi Muhammadbobur Yöldoşev moddiy yordamni yetkazişda talon-torojliklar kuzatilayotgani böyiça fikr bildirdi.

“Sinovli kunlarda sabr qiliş Allohga xuş keladigan fazilat hisoblanadi. Musulmon odam har bir holatda sabrli bölişi kerak. Qur'onning Baqara surasi 153-oyatida Alloh taolo “Ey, iymon keltirganlar! Sabr va namoz ila madad söranglar. Albatta, Alloh sabrlilar bilandir”, - deya marhamat qiladi.

Aslida, berilgan omonatga xiyonat qilmay, egasiga soğ-salomat yetkazişning asosi ham sabr hisoblanadi.  Sabr ham ibodatning bir körinişidir. Xalqqa berilgan yordamni egasiga yetkaziş pandemiya davridagi sinovdir”, - deb ta'kidladi imom-xatib.

Muhammadbobur Yöldoşev moddiy yordamni egalariga yetkazişda yöl qöyilayotgan talon-torojliklar borasida ham munosabat bildirdi.

“Bunday adolatsizlik uçun oxiratda jazo qattiq böladi. Niso surasining 58-oyatida  “Albatta, Alloh sizlarni omonatlarni öz egalariga topşirişga va odamlar orasida hukm qilganingizda adolat bilan hukm qilişga buyuradi. Albatta, Alloh sizlarga eng yaxşi pand-nasihatlar qilur. Albatta, Alloh eşitguvçi, körguvçi bölgan zotdir” deya qayd etilgan”, - dedi imom-xatib press-klubdagi suhbat davomida.

Eslatib ötamiz, avvalroq Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva Inqirozga qarşi kuraş jamğarmasi mablağlari talon-toroj qilinayotgani taşvişga solayotganini aytgandi.

Uning sözlariga köra, Andijon, Buxoro, Qaşqadaryo, Navoiy, Namangan viloyatlaridagi sanitariya-epidemiologiya xizmati mutasaddilari tomonidan umumiy hisobda jamğarmaning 1 mlrd 750 million sömdan ziyod mablaği talon-toroj qilingan.