Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasida koronavirusga qarşi kuraş va pandemiya davrida aholini qöllab-quvvatlaş böyiça amalga oşirilayotgan çora-tadbirlar muhokama qilinmoqda. Sessiyada iştirok etayotgan Vazirlar mahkamasi huzuridagi sanitariya-epidemiologik nazorat davlat inspeksiyasi rahbari Nurmat Otabekov şunday dedi:

–  Hozir biz Covid-19’ga çalingan kimni ahvoli öta oğir holatda bölsa, birinçi örinda öşa inson tahlilini amalga oşirişimiz kerak. Şunaqa qaror qabul qilindiki, bundan buyon avvvalo tahlil natijalariga emas, bemorning umumiy holatiga qaraladi. Oçiğini aytsam, hammani davolaş imkoni bor desak xato böladi. Bu murakkab masala. Bugunda tibbiyot tizimidagi 75 ming şifokor, 440 minga yaqin örta tibbiyot xodimlari koronavirusga qarşi kuraşişga safarbar qilingan. Lekin xalq bu harakatni boşida bölmasa, jarayonni asosiy iştirokçisiga aylanmasa, ularni qölidan heç narsa kelmasligi mumkin. Çunki birlik tartib-qoidalarga amal qilinmasa yaxşi natijalarga erişa olmaymiz. Aytişim kerakki, epidemiologik jarayonni uçta böğini bor: manba, yuqiş yöli va yuqtirib oluvçi şaxs. Agar biz qaysi birini “öyin”dan çiqarsak, kasallikni jilovlaş imkoniyatiga ega bölamiz.