Venesuela boş prokurori Ortega Dias 4 iyunda mamlakatda bir neça oydan beri davom etayotgan norozilik namoyişlari vaqtida halok bölganlar soni 90 nafarga yetganini ma'lum qildi.  

"Bugungi kungaça namoyişlar vaqtida 90 kişi halok böldi, 4658 kişi tergov ostida qolmoqda", deb aytdi Ortega ijtimoiy tarmoqlar orqali namoyiş qilingan matbuot-anjumanda.  

Venesuelada oliy sudning muxolif milliy assambleya hokimiyatini jiddiy çeklaş qaroridan keyin 3 oydan beri ommaviy noroziliklar davom etmoqda. Qaror bekor qilinganiga qaramasdan, namoyişçilar sud a'zolarining iste'foga ketkazilişini va muddatdan avvalgi saylovlar ötkazilişini talab qilmoqdalar.