Buyuk davlat arbobi, öz hayotini mustaqil davlatimiz qurilişi va şakllanişiga, uning jahondagi mavqeini mustahkamlaşga bağişlagan, yurtimiz va xalqaro maydonda katta obro‘ qozongan Birinçi Prezident Islom Karimovning xotirasini abadiylaştiriş, şuningdek, uning merosini ommalaştiriş maqsadida Özbekiston Respublikasining Birinçi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma'rifiy memorial majmua tomonidan Özbekistonning Birinçi Prezidentini yaqindan bilgan respublika fuqarolari va xorijiy davlatlar fuqarolaridan Islom Karimovning hayoti hamda faoliyati bilan boğliq xotiralari aks etgan yozma, foto va videomateriallarni qabul qiliş davom etmoqda. "Jahon" axborot agentligi şu haqida xabar berdi. 

Materiallar quyidagi manzil böyiça yuborilişi mumkin:

100163, Toşkent şahri, Afrosiyob köçasi, 1/1-uy.

Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Özbekiston Respublikasining Birinçi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma'rifiy memorial majmua.

Ma'lumot uçun telefon: (0-371) 239-52-27

Elektron poçta manzili:  [email protected], [email protected]