Ikki tomonlama hamkorlik dasturiga binoan joriy yilning 18 iyundan 24 iyuniga qadar “Özbekiston poçtasi” AJ Boş direktori boşçiligidagi delegatsiya Koreyada bölib qaytdi. Bu haqida poçta saytida xabar berildi.
Safardan közlangan asosiy maqsad koreys hamkorlar bilan Özbekistonda poçta infratuzilmasini modernizatsiya qiliş masalalari muhokamasi va taşkil etilgan AKTga oid trening-kurslarda qatnaşişdan iborat edi.
Koreya poçtasi prezidenti janob Kim Kee Deok bilan bölib ötgan suhbat çoğida ikki davlat poçta ma'muriyati hamkorligi istiqbollari borasida fikr almaşildi. Koreys tomoni özaro hamkorlikni mustahkamlaşda, tajriba almaşinuvi va “Özbekiston poçtasi” mutaxassislari malakasini oşirişga hozirligini izhor etdi. Uşbu masalalar safar davomida imzolangan Memorandumda öz aksini topdi.
Trening-kurslarda qatnaşgan Özbekiston poçta sohasi mutaxassislari aholiga körsatilayotgan poçta xizmatlarining ilğor uslublari va uşbu jarayonda zamonaviy AKTdan foydalaniş haqida batafsil ma'lumotga ega bölişdi.

Seul şahrining Markaziy poçta bölimi, Deyjon poçta markazi va Inçeon xalqaro logistika markaziga alohida safar taşkil etildi. Bu yerda delegatsiya a'zolari mazkur poçta obektlarining poçtani qabul qiliş, uni saralaş va içki hamda çet ellardagi mijozlarga yetkazib beriş jarayonlari bilan tanişişdi. Koreys mutaxassislarining fikriça, Koreya poçtasi faoliyatining deyarli barça yönalişlarida qölga kiritilgan yutuqlar boisi AKTning poçta sohasiga öz vaqtida va keng joriy etilişidir.












