«Real» boş murabbiyi Zayniddin Zidan klub rahbariyatidan yarim himoyaçi Xames Rodriges böyiça takliflarni örganişni söradi. AS naşri xabar berişiça, fransiyalik uşbu mutaxassis kolumbiyalik futbolçini tarkibda körişni istamayapti.

Bundan avvalgi xabarlarda «Mançester Yunayted» uşbu 25 yoşli xavbekka 80 million yevro tölaşga tayyorligi aytilgandi. Rodrigesning özi ham «Real»da yetarliça öyin amaliyotiga ega bölmayotganidan norozi. 

Ispaniya çempionatining yakunlangan mavsumida u atiga 13 marta boşlanğiç tarkibda maydonga tuşdi (jami 22 öyin). U bu öyinlarda 8 gol urgan va 6 golga uzatma bergan.

Rodriges «Real»ga 2014 yili «Monako»dan 80 million yevroga olib kelingandi. Ötgan vaqt içida u madridliklar jamoasi uçun 110 öyin ötkazib, jami 36 gol urgan.