Geologlar va iqlimşunoslar Yaqin Şarq mintaqasining sönggi 130 ming yildagi iqlim tarixini tahlil qilib, quyidagiça xulosaga kelişdi. Ularning fikriça, hozirgi qurğoqçilik yana taxminan 10 ming yil davom etadi, deyiladi Journal of Quaternary Science jurnalida e'lon qilingan maqolada. 

"Yaqin Şarq mamlakatlari hukumatlari hozirgi qurğoqçilik vaqtinçalik holat ekaniga işonişni ma'qul körişadi. Ular yaqin kelajakda mintaqa sersuv hududga aylanişiga işonişadi. Bizning tadqiqot esa, buning aksini körsatmoqda. Unga köra, kelgusida yoğingarçilik miqdori yanada kamayadi, mintaqadagi namlikning asosiy manbai bölgan momaqaldiroqlar oraliği qisqaradi", — degan Mayami universiteti olimi Sevag Mehterian. 

Köplab iqlimşunoslar va tarixçilar avvalgi tarixiy davrlar va hatto sönggi bir neça ön yilliklardagi iqlim tebranişlari tarixga qanday ta'sir körsatişini tuşunişga urinişmoqda. 

Mehteryan va uning hamkasblariga köra, hozirgi qurğoqçilik juda çuqur tarixiy ildizlarga ega. Ular Eron şimoli-ğarbidagi Kale-kord ğoridagi tomçilardan hosil bölgan muz davriga doir stalagmit çökmalarining izotoplarini örganib, şunday xulosaga kelişdi. 

Stalagmitlar, olimlarning tuşuntirişiça, ğorlar içida tomçi va suv oqimlari tufayli paydo böladi. Bu suvlar esa, öz navbatida, ğorlarga toğ yuzasidan sizib ötadi. Şunga köra, stalagmit qatlamlarining izotop tarkibini örganiş turli davrlarda mintaqada qanday iqlim hukmron bölganini aniqlaşga yordam beradi. 

Masalan, olimlar stalagmitdagi kislorod-18 izotopi miqdorini örganiş bilan turli tarixiy davrlardagi yoğingarçiliklar hajmini örganişdan taşqari ğor qoldiqlari hosil böliş haroratini, şu bilan öşa vaqtda Quyoş yer yuzasini qançalik qizdirganini aniqlaş mumkin. 

130 ming yillik stalagmitlar hosil böliş tarixini tahlil qilgan olimlar iqlim tebranişining qiziq holatiga duç kelişgan. Ular Grenlandiya muzliklarini tekşirganida duç kelgan holatni uçratişgan. Bu Şimoliy Atlantika va Yaqin Şarq iqlimi özaro boğliq bölgan va bir xil mexanizm bilan boşqarilganini körsatadi. 

Bugungi kunda, Mehteryan va uning hamkasblariga köra, Yaqin Şarq navbatdagi "qurğoqçilik" davriga kirgan. U 10 ming yillar davom etadi. Şu boisdan bu mintaqada içimlik suvi muammosi yaqin yillarda halbölişini kutmasa ham böladi, deya xulosa qiladi olimlar.