«Bavariya» «Real» yarim himoyaçisi Xames Rodrigesga qiziqiş bildirişda davom etmoqda. Fevral oyi boşida ham myunxenliklar jamoasi madridliklarning uşbu kolumbiyalik futbolçisi, şuningdek, Isko va Alvaro Morataga qiziqiş bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Jurnalist Tankredi Palmeri öz tvitterida yozişiça, «Bavariya» «Real» bilan Xames Rodriges transferi masalasida aloqaga çiqqan.
Ötgan haftada Xames «Qirollik klubi»ni tark etişga qaror qilgani va jamoa bilan 11 iyul kuni boşlanadigan AQŞ turnesiga yöl olmasligi ma'lum bölgandi.
25 yoşli bu futbolçi bilan «Real» örtasidagi şartnoma 2020 yil yoziga qadar tuzilgan. Ammo madridliklar boş murabbiyi Zaynidin Zidan uni kelgusi mavsum uçun rejalariga kiritmagan.
«Real» prezidenti Florentino Peres Xames qolişini istagan, ammo futbolçining özi jamoaga Dani Sebalos kelayotgani tufayli ketiş haqida uzil-kesil qaror qabul qilgan.








