Yevropada xavfsizlik va hamkorlik böyiça taşkilot (YeXHT) öz tarixida birinçi bor boş kotibsiz qoldi, deb yozmoqda «Kommersant'» gazetasi.
Naşrning ta'kidlaşiça, taşkilot sobiq rahbari Lamberto Zanerning vakolati 30 iyun kuni yakuniga yetdi, şu tariqa YeXHT 1 iyuldan boşlab boş kotibsiz qoldi.
«Bugun Avstriyaning Mauerbax şahrida YeXHT a'zo davlatlari TIV rahbarlarining norasmiy yiğilişi davomida taşkilotdagi çuqur inqirozdan çiqiş yöli qidirib köriladi», - deya yozadi gazeta.
Xabar qilinişiça, kadrlar bilan boğliq inqirozga yeçim topişga Rossiya va AQŞ örtasidagi kelişmovçilik xalaqit bermoqda.







