«Real» yarim himoyaçisi Xames Rodriges faoliyatini «Bavariya»da davom ettiradi. Myunxenliklar klubi matbuot xizmati uşbu futbolçi transferi borasida madridliklar bilan kelişuvga erişilgani haqida xabar bergan.

«Bavariya» kolumbiyalik bu futbolçini keyinroq sotib oliş huquqi bilan ikki yilga ijaraga olgan. Xames Rodriges tibbiy körikdan muvaffaqiyat bilan ötgan va şartnomani imzolaş arafasida. 25 yoşli futbolçi Xitoy va Singapurga yöl oladigan tarkibga kiritişgan.

«Bavariya» futbolçining ikki yillik ijarasi uçun 10 mln yevro tölaydi.

Eslatib ötamiz, Xames «Real»ga hozir «Bavariya» ustozi bölmiş Karlo Ançelotti davrida kelgandi. Italiyalik mutaxassis jamoadan ketgaç, futbolçi asosiy tarkibdagi örnini yöqotdi. Yakunlangan mavsum davomida Xames va «Real»ning hozirgi boş murabbiyi Zaynidin Zidan örtasida ixtilof kelib çiqqandi.