9 iyul kuni eng maşhur elektromobillar işlab çiqaruvçi Tesla özining birinçi seriyali eng arzon modeli — Model 3 maşinasini namoyiş etdi. Bir vaqtning özida Volvo ikki yildan söng yoqilğida işlovçi avtomobillarni işlab çiqarişni töxtatişini e'lon qildi. Fransiya ham ambtsiyalilikda bundan sira kam bölmagan rejalar qurmoqda. Elektromobillar dunyoni egallaşi endi fakt emas, muddatlari belgilanib bölgan voqelikka aylanmoqda. Bular haqida nimalarni bilişimiz kerakligi haqida Meduza naşri tahlilini e'tiboringizga havola etamiz.
Içki yonuv dvigateli — ötgan asr sarqiti
Yirik avtoişlabçiqaruvçilar içida Volvo öz oldiga muayyan maqsad qöydi: 2019 yildan boşlab, faqat yoqilğida işlovçi avtomobillardan butkul voz keçiş. Bu yönalişni barça kompaniyalar rivojlantirmoqda. Hali heç kim ertagayoq odamlar maşinalariga benzin yo solyarka quyişdan özlarini tiya boşlaşlari haqida gapirayotgani yöq, lekin gibrid modellarga ötişayotgani — obektiv voqelik. «Biz uglerod qöşoksidi (is gazi) çiqişini kamaytirib, şaharlardagi havo sifatini oşirişni istaymiz», — degan Volvo Cars rahbari Hokan Samuelson.
2040 yilga borib jahondagi maşinalarning uçdan biri elektrokar böladi
Bloomberg tahlilçilari hozirça şu fikrda. Sotuv hajmi böyiça elektromobillar içki yonuv dvigatelli maşinalarni 2038 yilda quvib ötadi.
Volvo taraflardan yangaragan yangilikdan söng Fransiyaning ekologik özgarişlar böyiça vaziri 2040 yilga borib mamlakatda benzil yoki dizel yoqilğisida işlovçi maşinalar savdosi taqiqlanişini aytgan. Parijning rejalarida löndalik közga taşlanmayotgan esa-da, hukumat eski maşinasini yangisi — ekologik tozasiga almaştirmoqçi bölganlarning xarajatlarini kompensatsiya qilişni va'da qilmoqda.

FOTO: Elektromobillar va oddiy maşinalar sotuvi hajmi (mln. dona)
Elektromobillar juda kam, lekin işlab çiqariş sur'atlari doimiy ösişda
Bloomberğning öşa taxminiga köra, 2025 yilga borib, elektr maşinalar benzinda işlovçi maşinalar bilan bir narxda sotiladi. Elektromobillar bozori şiddat bilan ösmoqda, 2016 yilning özida maşinalar soni 60 foizga oşgan. Lekin hanuzgaça ularning soni sezilmaydigan darajada kam — turli baholaşlarga köra, ularning uluşi 0,2 foizdan 1 foizgaça. Ya'ni, jahondagi har 500 tadan 100 tagaça maşinaning biri elektrokar.

FOTO: Elektromobillar soni (ming dona)
Hamma gap batareyada
Elektromobillarning eng qimmat qismi ham şu özi — u maşina narxining qoq yarmisini taşkil etadi! Lekin akkumulyatorlar narxi kundan kunga pasaymoqda. Nafaqat elektromobillarni jihozlaş, şuningdek, butun bir şaharlarning energiyasini saqlaşni maqsad qilgan Tesla aynan samarali akkumulyatorlar yaratiş ustida iş olib bormoqda.
Tesla yaqinda tezkor quvvatlaş stansiyalari (bunda maşinani garajda tuni bilan quvvatlaş uçun qoldirmaysiz, stansiyada yarim soat quvvat oliş yetarli böladi) bozorida yagona kompaniya nomidan mosuvo böladi. 2018 yilga borib Volkswagen konserni AQŞda öz tarmoğini barpo etişga kirişadi va bu maqsadi uçun 2 milliard dollar sarflaydi.
Elektrda işlaydimi — qimmat degani emas
Elektromobillar seriyali işlab çiqariş onlarigaça köproq dabdabayu-as'asa matohi hisoblanib kelinayotgandi. Eng «kuçsiz» Tesla Model S’ning narxi ham unça-munça odamni çaqib oladi — naq 60 ming dollar! Endi esa hattoki Tesla ham byudjyetli namunalar işlab çiqarişni boşladi (Model 3 — 35 ming dollar). Boşqa işlab çiqaruvçilardan tölaqonli modellar yanada arzon bölişi ham mumkin: mö'jaz Renault Twizy (7 ming yevro) dan tortib yangi Hyundai Ioniq Electric (30 ming dollar) gaça.
Xullas, buyoğiga elektromobillar köpayganidan köpayaveradi. 2020 yilga borib, dunyo böylab bunday avtomobillar modellarining soni yuzdan oşişi kutilmoqda.












